[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Xitin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xitin (yunoncha, chiton — kiyim, teri, qobiq) — polisaxaridlar guruhiga mansub tabiiy birikma; boʻgʻimoyoqlilar va bir qator umurtqasiz hayvonlar tashqi skeletining asosiy komponenti; zamburugʻlar, bakteriyalar va ayrim suvoʻtlarning hujayra devori tarkibida boʻladi. Tayanch vazifasini bajaradi. Xitin Natsetilglyukozamin qoldigʻidan iborat. Suv, suyultirilgan kislota, ishqor, spirt va boshqa organik erituvchilarda erimaydi; konsentrlangan kislotalarda eriydi. Xitinning tuzilishi, fizikkimyoviy xossasi va biologik ahamiyati oʻsimlik sellyulozasiga oʻxshash.