[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Taqvodorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taqvodorlik (arab, taqvo — saqlanish, xudodan qoʻrqish) — barcha dinlarda oʻta dindorlikni ifodalovchi tushuncha. Qurʼon va hadislarda Allohdan qoʻrqish, doʻzaxdan saqlanish, parhezkorlik va boshqa mazmunlarda keladi. Dinga juda berilgan, xudojoʻy, oʻzini harom va shubhalardan saqlab yuruvchi odam taqvodor deb atalgan.