[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ijmo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ijmo (arab. — yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror; ijmo al-umma — diniy jamoaning yagona fik-ri) — Qurʼon va hadislarda aniq koʻrsatma berilmagan huquqiy masalani hal qilishda faqih va mujtahidlarning toʻplanib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Shariat dasturlariga keyinchalik kiritilgan 3-manba. Shariatda shunday yoʻl bilan chiqarilgan hukm sharʼiy (qonuniy) deb qabul qilingan. I.ga shariat manbai sifatida qarash arab xalifaligi (8-asr oxiri — 9 -a.)da kelib chiqqan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil