[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ijtihod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ijtihod (arab. — gʻayrat qilish, institutilish) — sharʼiy hukmni hosil qilish uchun faqihning barcha bilim va tokatini ishga solishi. Ijtihod sharʼiy hukmi kelmagan ishning maxsus qoidalarni ishga solib sharʼiy hukmini aniqlash uchun qilinadi. Muhammad (sav) tirikligida u kishidan boshqa odam Ijtihod qilmagan. Bu mumkin ham emas edi. Ijtihod 7-asr oxirida vujudga kelgan. Bu vaqtga kelib sahobalarning Muhammad (sav) faoliyatlari, aytgan soʻzlari ha-qidagi xabarlarida ixtilof paydo boʻlgan. Bundan tashqari, musulmon jamoasidagi hayot tarzining oʻzgarib borayotganligi tufayli koʻplab huquqiy harakterdagi muammolar tugʻilgan. Shuning uchun Ijtihodning asosiy maqsadi yangi yoxud oʻtmishdoshlar tomonidan hal etilmagan masalalarni topish va islomga tayanilgan va uni quvvatlagan holda hal etish boʻlgan. Islomda eng yuqori tabaqaga mansub faqihlargina shunday huquqqa (Ijtihod huquqiga) ega boʻlgan va ular mujtahidlar deb atalgan. Ijtihod asosan, fiqhga.yuid masalalarda boʻlgan. Aqida va falsafaga oid masalalarda ijtihod qilish mumkin boʻlmagan. Oʻrta asrlarda, aniqrogʻi, 12-asrda baʼzi hokimlarning faqixlarni majbur qilib notoʻgʻri hukm chiqarishga urinishlaridan, noahil odamlarning ijtihodga oʻzlarini urishlaridan ehtiyot qilib ulamolar, ijtihod eshigi berkilganini eʼlon qilganlar. Bu masalada xilof qilganlar koʻpchilikning qarshiligiga duchor boʻlganlar. Shu bilan birga goh-gohida ijtihodni daʼvo qilganlar ham chiqib turgan. Bunday shaxslarga Ibn Taymiya va Ibn Qayim misol boʻla oladi. Ammo ijtihod eshigi berkitilganligi holati hozirgacha davom etib kelmoqda. Yaqin orada biror kishining ijtihod qilganligi tan olingani yoʻq. Ammo ijtihod qilish zarurligi tobora ortib borayotgani haqidagi daʼvatlar eshitilmoqda. Shu maqsadda yangi paydo boʻlayotgan masalalarda ijtihod qilish uchun Islom davlatlari uyushmasi, Islom olami robita-si, baʼzi bir mintaqa va davlatlarda Islom fiqhi akademiyalari tashkil qilingan va qilinmoqda. Ahadjon Hasanov[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil