[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Muqaddas ruh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xristianlik


Xristianlik

Muqaddas ruh — yahudiylik diniga koʻra Xudoning ilohiy kuchi, sifati hamda koinot yoki uning mavjudotlari ustidan taʼsiri nazarda tutiladigan diniy bir qarash. Bu qarash Nikeya xristianligida Muqaddas ruh Muqaddas uchlikning uchinchi shaxsi sifatida qabul qilingan. Islomda Muqaddas ruh ilohiy harakat yoki aloqa vositasi sifatida taʼriflanadi. Bahoiylik eʼtiqodiga koʻra Muqaddas ruhga Xudo va inson oʻrtasidagi vositachi, „Xudoning inoyati va uning zohiridan chiqadigan yorqin nurlar“i sifatida qaraladi[1].

Dinlar bilan qiyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibroniy tilida yozilgan Injilda „Xudoning ruhi“ (ruach elochim) atamasi mavjud boʻlib, uni yahudiylar yagona Xudoning qudrati maʼnosida talqin qilishadi. Bu talqin Nikeya xristianlari tomonidan Muqaddas ruhni Muqaddas uchlikning bir shaxsi sifatida qabul qilish borasidagi qarashlaridan tubdan farq qiladi[2].

Xristianlik gʻoyasida yahudiylikka qaraganda koʻproq Muqaddas ruhning axloqiy jihati taʼkidlanadi, bu yahudiy diniy yozuvlarida nisbatan kechroq paydo boʻlgan Muqaddas ruh epitetida yaqqol namoyon boʻlgan[3][4].

Dinshunos Rudolf Bultmanning soʻzlariga koʻra, Muqaddas ruh gʻoyasini anglab olishning ikki xil usuli mavjud: „animistik“ va „dinamik“. Animistik tafakkurda u „mustaqil kuch, shaxsning kuchi boʻlib, u (…) odamning ichiga kirishi, uni egallab olishi, unga oʻz kuchini namoyon etishiga imkon berishi yoki uni kuchini namoyon etishiga majbur qilishi mumkin“. Dinamik tafakkurda esa u „insonni suyuqlik kabi toʻldiradigan shaxssiz kuch sifatida namoyon boʻladi“. Har ikkala fikr ham yahudiy va nasroniy kitoblarida uchraydi, lekin animistik fikr Eski Ahdga xos boʻlib, dinamik fikr esa Yangi Ahdda koʻproq uchraydi. Bu farq vaqtinchalik yoki doimiy bir tuhfa shaklida inʼom etiluvchi Muqaddas ruhga nisbat beriladi. Eski Ahd va yahudiy tafakkurida bu asosan muayyan vaziyat yoki vazifani nazarda tutgan holda vaqtinchalik berilsa, nasroniy tushunchada esa bu inʼom insonlarda doimiy ravishda mavjud boʻladi.

Islom dinida Muqaddas ruh (Arabic: روح القدس — Ruh al-Qudus, „Muqaddas ruh“) tushunchasi Qurʼonda toʻrt marta tilga olingan boʻlib, unga nisbatan ilohiy harakat yoki aloqa vositasi sifatida qaraladi. Muqaddas ruhning musulmon dinidagi talqini odatda Eski va Yangi Ahdga asoslangan qarashlarga mos keladi. Ayrim hadislardagi rivoyatlarga asoslanib, baʼzi musulmonlar uni Jabroil farishtaga tenglashtiradilar[5]. Ruh (ạlrwḥ al-Ruh, „muqaddas“ yoki „oliy“ sifatlarisiz) boshqa xususiyatlar qatorida, Xudo tomonidan yaratilgan ijodiy ruh sifatida tavsiflanadi. Bu ruh orqali Xudo Odam Atoga jon ato etgan va oʻz elchilari hamda paygʻambarlarini, jumladan, Iso va Ibrohimni turli yoʻllar bilan ilhomlantirgan. Qurʼonga koʻra, „Muqaddas uchlikka“ ishonish taʼqiqlangan va bu kufrga tenglashtiriladi. Xuddi shu taqiq Allohning ikkiligi haqidagi har qanday gʻoyaga ham taalluqlidir[6][7].

  1. „Some Answered Questions | Bahá'í Reference Library“. www.bahai.org. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  2. Espín, Orlando O. „Holy Spirit“, . An Introductory Dictionary of Theology and Religious Studies. Collegeville: Liturgical Press, 2007 — 576-bet. ISBN 978-0-8146-5856-7. 
  3. Dunn, James D. G. „Towards the Spirit of Christ: The Emergence of the Distinctive Features of Christian Pneumatology“, . The Work of the Spirit: Pneumatology and Pentecostalism. Grand Rapids: Wm. B. Eerdmans Publishing, 2006 — 3-bet. ISBN 978-0-8028-0387-0. 
  4. Menzies, William W. and Robert P. "Spirit and Power." Grand Rapids, MI: Zondervan, 2000.
  5. „What Is Meant by the Holy Spirit in the Qur'an?“. Islam Awareness. Sheikh Ahmad Kutty. Qaraldi: 2018-yil 14-noyabr.
  6. Griffith, Sidney H. Holy Spirit, Encyclopaedia of the Quran.
  7. Thomas Patrick Hughes, A Dictionary of Islam, p. 605.