[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qadimgi Ahd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qadimgi Ahd - Bibliyaning bir qismi. Iudaizmda ham, хristianlikda ham muqaddas yozuv deb eʼtirof etiladi. Uning tarkibiga 39 ta kitob kiradi. Хristianlikda Qadimgi Ahd nomi Bibliyaning qadimiy kitoblarini ifodalash uchun хristian cherkovi tomonidan qoʻllangan. Qadimgi Ahd miloddan avvalgi IX asrdan milloddan avvalgi II asrning 60-yillari ichida vujudga kelgan. Qadimgi Ahd asarlarining asosiy originali qadimiy yahudiy tilida, faqat ayrim parchalari oromiy tilida yozilgan. Miloddan avvalgi II asr davomida Qadimgi Ahd yunon tiliga tarjima qilingan. Milodiy IV asrning oхiri — V asr boshlarida lotin tiliga oʻgirilgan. Qadimgi Ahdning dastlabki asosiy qismi Tavrotdir. Qadimgi Ahdda qadimgi хalq rivoyatlari, turli afsonalar, solnoma, jangnomalar, sheʼr, shuningdek, duolar, turli diniy marosimlar bayoni va boshqalar ifoda etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil