[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Iso Masih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iso yoki Iso Masih — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi. Qurʼonda, shuningdek, „al-Masih“ („xudo yarlaqagan“), Ibn Maryam („Maryamning oʻgʻli“), Abdulloh („Allohning quli“), Rasululloh („Allohning elchisi“), Allohning muqarrabi (yaqini), „Haqni soʻzlovchi“, deb taʼriflanadi. Isoga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, Iso — Allohning oʻgli emas, Xudo ham emas. Iso — Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan moʻʼjiza bilan tugʻilgan. Alloh unga „Bani Isroil“ qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambarlik darajasini iroda etdi. Iso odamlarni oʻz taʼlimotiga ergashishlariga daʼvat qildi. Yahudiylarni notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Oʻzidan keyin Ahmad (yaʼni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishini bashorat qildi.

Xristianlikda Iso Iisus Xristos nomi bilan yuritilib, xrispgianlik asoschisi hisoblanadi („Xristos“ soʻzi yunoncha boʻlib, oʻzbek tilida „xaloskor“ maʼnosini anglatadi). Xristian cherkovlarining aksariyati uni Xudo-odam sifatida ulugʻlaydi. Injilga koʻra, Iso xudoning oʻgʻli boʻlgan, Vifleyem (hoz. Beyt Laxm sh.)da duradgor Iosifning xotini Mariyadan tugʻilgan. Iosif va Mariya goʻdagi bilan podshoh Irod I taʼqibidan qochib, Misrga boradilar, keyin Galileya (Falastin)ga qaytadilar. Iso targʻibotchilik faoliyatini boshlab yuboradi. Uni Ioann Krestitel choʻqintiradi. Iso atrofiga 12 shogird (apostol — havoriy)larni toʻplaydi. Xavoriylardan biri Iso targʻibot qilayotgan yangi taʼlimotni oshkor etib qoʻygach, yahudiylar sudi — sinedrion Isoni oʻlim jazosiga hukm qiladi. Rim noibi Pontiy Pilat hukmni tasdiqlaydi, Iso chormix qilinib qatl etiladi. Lekin u tirilib oʻz shogirdlari oldiga keladi. Xristianlar Isoning tirilib kelishi („voskresenye“)ga ishonadilar.

Fanda Isoning tarixiyligi eʼtirof etiladi. U 1-asrning 1-yarmida Falastinning Galileya mintaqasida Iisus (Iyeshua) ismi bilan sayyor daʼvatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. Isoning tar-gʻiboti fariseylar va esseylar taʼlimoti kabi maxdud emas, balki falas-tin jamiyatining barcha tabaqalariga qaratilgandi. Shu boisdan ham keyingi asrlarda grekrim zaminida Iso taʼlimotining tarafdorlari mahalliy tusdagi bu harakatni Oʻrta dengiz havzasini toʻligʻicha qamrab olgan olamshu-mul dinga aylantirishga erishdilar.

  • Paygʻambarlar qissasi, Toshkent, 1993-yil.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.