[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Yodoform

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yodoform, CHI3 — sarik, rangli, oʻtkir hidli kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 119°, tarkibida 96,7% yod bor. Yorugʻlik taʼsirida parchalanadi. Sanoatda natriy yoki kaliy yodidning spirtdagi eritmasini elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Glitserin, xloroform, spirt va b. erituvchilarda eriydi. Tibbiyotda antiseptik dori sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil