[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Terbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
65
Тербий
Tb
158,9254
4f96s2

Terbiy (lotincha Terbium), Tb — [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning III guruhiga mansub kimyoviy element. Lantanoidlarga kiradi. Tartib rakami 65, mol. m. 158,9254. Bitta izotop |59T shaklida uchraydi. Terbiyning bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan. Lantanoidlarning ittriy guruhchasiga kiradi. Terbiy kumush kabi oq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1356°, qaynash temperaturasi 2480°, zichligi 8,270 g/sm3. Sof Terbiy plastik va yaxshi deformatsiyalanadigan metall. Kimyoviy jihatdan faol. Oʻz birikmalarida 3 va 4 valentli. Terbiy rangli metallarning qotishmalariga oz miqdorda qoʻshiladi. Lyuminoforlar va lazer materiallari tayyorlashda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil