[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Aktinoidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aktinoidlar, aktinidlar — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhi VII davrida aktiniydan keyin turadigan 14 ta elementning umumiy nomi. Ularning tartib raqami 90 dan 103 gacha: toriy Th (№ 90), protaktiniy Ra (№ 91), uran U (№ 92), neptuniy Np (Nb 93), plutoniy Pu (№ 94), ameritsiy Am (№ 95), kyuriy Cm (№ 96), berkeliy Bk (№ 97), kali-forniy Cf (№ 98), eynshteyniy Es (№ 99), fermiy Fm (№ 100), mendeleeviy Md (Nb 101), nobeliy No (№ 102), lou-rensiy Lr (№ 103). Bu elementlarning aksarisida sirtqi 1-va 2-qavatlaridagi elektronlar soni bir xil boʻlib, sirtdan hisoblanganda 3-qavatlarida elek-tronlar soni bir xil emas, aktiniydan lourensiyga oʻtgan sari elektronlar soni ortib borib, 32 taga yetadi; atom va ion radiuslari kichiklashadi; ularning barchasi radioaktiv; uran izotoplari — uran-235 (U 235) va uran-233 (U 233) hamda plutoniy-239 (Pu 239) yadro reak-torlarida yoqilgʻi va atom bombalarida portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi. A. oqish-kumush rangli metallar. Koʻpchilik A.ning s.of. 20 g/sm3 ga yaqin. Neptuniy va plutoniyning erish temperaturasi 640° atrofida, boshqalarining erish temperaturalari 1000° dan yuqori. A. vodorod, kislorod, ol-tingugurt, azot, gallogenlar va boshqa metallmaslar bilan kimyoviy reaksiyaga oson kirishadi. Kimyoviy xossalari jihatidan uran, neptuniy, plutoniy va ameritsiy bir-biriga juda yaqin. Ber-keliy, fermiy, mendeleeviy, nobeliy va lourensiylar esa kimyoviy xossalariga koʻra lantanoidlarga yaqindir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil