[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ruteniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruteniy / Ruthenium (Ru)
Atom raqami 44
Koʻrinishi Oq-kumush rangli moʻrt metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
1 010,07 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 134 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
710,3 (7,36) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d7 5s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 125 pm
Ion radiusi (+4e) 67 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
2,2
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi +3, +4, +6, +8, 0
Termodinamik xossalari
Zichlik 12,41 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,238 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 117,0 Vt/(m·K)
Erish harorati 2 583 K
Erish issiqligi (25,5) kJ/mol
Qaynash harorati 4 173 K
Qaynash issiqligi n/a kJ/mol
Molyar hajm 8,3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 2,700 Å
Panjara/atom nisbati 1,584
Debye harorati n/a K
44
Ruteniy
Ru
101,07
4d75s1

Ruteniy (lotincha Ruthenium), Ru -Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 44, atom massasi 101,07. Tabiiy Ruteniy massa sonlari 96, 98—102 va 104 boʻlgan 7 ta barqaror izotopdan iborat, eng koʻp tarqalgani 102Ru (31,61%). Ruteniy 1844-yilda Qozonda Ruteniy Klaus tomonidan kashf etilgan va Rossiya sharafiga Ruteniy deb atalgan. Ruteniy Yer poʻstining massa jihatidan 5*10^{—7}% ini tashkil qiladi. Ruteniy, asosan, platina guruhidagi metallar bilan birga uchraydi. Tugʻma platinada 0,02% atrofida Ruteniy boʻladi. Ural konlaridan olinadigan osmiyli iridiyda 20% gacha Ruteniy bor. Ruteniy kumush rang, juda qattiq metall, suyuqlanish temperaturasi 2250°, qaynash temperaturasi 4900°, zichligi 12,2 g/sm³. Ruteniyning amorf va kristall modifikatsiyalari mavjud. Amorf Ruteniy qora tusli kukun, u Ruteniy birikmalarini eritmalarda qaytarish natijasida hosil boʻladi. Amorf Ruteniyni suyuq qalayda eritib, qayta kristallash yoʻli bilan kristall Ruteniy olinadi.

Ruteniyning oʻz birikmalarida valentligi 0 dan 8 gacha. Ruteniyning metall boʻlagi zar suvida ham erimaydi, lekin kukun holatdagisi sulfat va perxlorat kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi. Ruteniyning RuO4 tarkibli oksidi, Ru(OH)3nH2O tarkibli gidroksidi, RuCl2, RuCl3, RuCl4, RuBr3, Rul3, RuF5 tarkibli galogenidlari, RuS2 tarkibli sulfidi va Ru(NO3)36H2O tarkibli kristallogidrati maʼlum.

Ruteniy juda koʻp kompleks birikmalar hosil qiladi. Osmiy bilan Ruteniy qotishmasidan pero, baʼzi asboblarning magnit xossalarga ega boʻlmagan detallari tayyorlanadi. Ruteniyning nikel, kobalt, molibden, volfram, bor va kumushli qotishmalaridan elektr lampalarning choʻgʻlanish tolalari, zargarlik buyumlari, lab. jihozlari, kontakt materiallar va simlar ishlanadi. Katalizator sifatida, chinni va sopol uchun boʻyoq tayyorlashda, K2[RuCl6] tarkibli kompleks tuzi fotografiyada qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil