[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Margimush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Margimush(As)
Atom raqami 33
Koʻrinishi kulrang
, moʻrt nimmetall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
74.92159 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 139 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
946.2(9.81) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d10 4s2 4p3
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 120 pm
Ion radiusi (+5e)46 (-3e)222 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
2.18
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 5, 3, −2
Termodinamik xossalari
Zichlik 5.73 (grey arsenic) g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0.328 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik (50.2) Vt/(m·K)
Erish harorati 1090 K
Erish issiqligi n/a kJ/mol
Qaynash harorati 876 K
Qaynash issiqligi 32.4 kJ/mol
Molyar hajm 13.1 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi trigonal
Panjara davri 4.130 Å
Panjara/atom nisbati 2.805
Debye harorati 285.00 K
33
Margimush (Mishyak)
As
74,9216
3d104s24p3

Mishyak (rus. mish — sichqon, yad — zahar) — q. Margimush.[1]

Margimush ( fors, marg — ulim, mush — sichqon), mishyak (Arsenicum), As — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 33, atom massasi 74,9216. Tabiiy Margimush bitta barqaror izotop 75As dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplardan 73As, 74As, 76As muhim. Margimushni ilk bor kim ajratib olgani nomaʼlum. 1789-yilda Margimushni Margimush Lavuazye element deb aytgan. Margimush massa jihatdan yer poʻstining 1,7-10-4 % ini tashkil qiladi. Daryo suvida 3-10^7%, dengiz suvida 6,6-10^4% Margimush boʻladi. Tarqoq element, lekin tabiatda 160 dan ortiq minerallari uchraydi. Margimush kolchedani (arsenopirit) FeAsS, Margimushli kolchedan (lellingit) FeAs2, realgar As4S4, auri-pigment As2S3 koʻp tarqalgan boʻlib, sanoat ahamiyatiga ega. Sof Margimush toʻq kulrang kristall modda, moʻrt metall kabi yaltiraydi. Havoda oksidlanib, qorayadi. Issiklikni va elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 5,72 g/sm³. Kristall holatdagi Margimushdan tashqari, amorf Margimush ham boʻladi. Qizdirilganda (615°da) Margimushning ikkala turi ham suyuqlanmay bugʻga aylanadi. Margimush birikmalarida 3 va 5 valentli. Suvda erimaydi. Havoda yonganda oksidlanib, arsenit angidrid As,O3 hosil qiladi. As2O3 tabiatda ar-senolit minerali holida uchraydi. Suyuqlanish temperaturasi 314°, zichligi 4,15 g/sm³. Suvda oz eriydi. Sof Margimush va uning birikmalarini olishda, optik shisha ishlab chiqarishda, tibbiyotda va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Margimushning 5 valentli oksidi arsenit angidrid As2O5 ham mavjud. Zichligi 4,1 g/sm³. Suvda yaxshi eriydi. Margimush galogenlar va oltingugurt bilan, yuqori temperaturada koʻpgina elementlar bilan bevosita birikadi. Metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Ularga suyultirilgan kislota taʼsir ettirib, sarimsoq hidi keladigan zaharli gaz — vodorod arsenid olish mumkin. Nitrat kislota va zar suvi Margimushni oksidlab, arsenat kislota H3AsO4 hosil qiladi. Arsenat kislota — suvda oson eriydigan qattiq modda. Tuzlari arsenatlar deyiladi. Ar-senit kislota H,AsO3 erkin holda olingan emas, fakat suvdagi eritmasi maʼlum. Uning tuzlari — arsenitlar deb ataladi. Margimush As2O3 ni kumir bilan qaytarish orqali olinadi: As2O3+ +3C->2As+3COt. Birikmalari juda zaqarli boʻlgani uchun ishlatganda niho-yatda ehtiyot boʻlish lozim. Margimush qotishmalar olishda, Margimush birikmalari esa shisha ishlab chiqarishda, teri (koʻn), moʻynani uzoq asrashda va Margimush preparatlari olishda ishlatiladi. Tuproqda 4-10^4%, oʻsimlik kulida 3-10~5% Margimush bor. Dengiz hayvonlari organizmida quruqlikdagi hayvonlardagiga qaraganda Margimush koʻp boʻladi. Odam tanasida 0,08—0,2 mg/kg Margimush bor. Margimush preparatlari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda qoʻllanadi.[1]

Margimush - unsurlar davriy jadvalining 33 unsuri, nimmetall.

  1. 1,0 1,1 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil