[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Rift

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rift (ing. rift — darzlik, yoriq, dara) — Yer poʻstining chiziq boʻylab yoʻnalgan yirik tektonik strukturalari. Uzunligi bir necha yuz km (baʼzan 1000 km dan ziyod) ga yetadi. Koʻpgina okean va kontinental R.larning eni 30–70 km boʻladi, biroq ancha tor enli (5– 20 km, Mas, Ulik dengiz) va keng enli (200–400 km, Qizil dengiz R.) okean R.lar ham bor. R.lar, odatda, keng gumbazeimon koʻtarilgan joylarda materiklarning gorizontal choʻzilishidan vujudga keladi (Mas, Sharqiy Afrika). Bunda Yer poʻsti butun qalinligi boʻyicha yoki koʻp qismi choʻziladi deb taxmin qilinadi. R. aksari bir qancha uzilishlardan iborat; ular orasida ustki yuzasi qiya va poʻstining bir qismi surilgan tashlamauzilma koʻproq. Tashlamauzilmalarning ogʻish burchagi odatda 60—70° boʻlib, siljishning vertikal amplitudasi bir necha km va poʻstning choʻzilishi baʼzan bir necha oʻn km gacha yetishi mumkin. R.ning ichki kontinental, kontinentlararo, okean ichki tiplari farq qilinadi. R. chegarasida turli tartibda yotuvchi graben va gorstlar mavjud. Graben asosiy strukturaviy shakldir. Birok, R. poʻstning yuqoriga tomon tektonik gumbaz shaklida qiyaroq bukilishidan hosil boʻladi; u keyinchalik yorilib faben va gorstga ajraladi. Juda katta R.lar R. mintaqalari deb ataladi. R.ning kelib chiqishi haqida bir necha ilmiy faraz mavjud. Hozirgi vaqgda yangi plitalar tektonikasi nazariyasi paydo boʻldi, unga koʻra, R.lar materiklarning gorizontal harakati natijasida hosil boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil