[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Leon Cooper

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leon Cooper

Leon Cooper (talaffuzi: Leon Kuper) (1930.28.2, Nyu-York) — amerikalik nazariyotchi-fizik. Kolumbiya universitetini tugatgan (1951). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, past temperaturalar fizikasi, oʻta oʻtkazgich va fizika falsafasiga oid. 1956-yilda kristall panjarasining tebranishlaridan yuzaga keladigan oʻzaro tortishish natijasida metalldagi erkin elektronlarning juft boʻlib birlashishi (Koʻper effekti) ni avvaldan aytib bergan. Oʻta oʻtkazuvchanlikning mikroskopik nazariyasi mualliflaridan biri (1957). Nobel mukofoti laureati (1972; J. Bardin va J. R. Shrif-fer bilan birgalikda).[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari