Dennis Gabor
Qiyofa
Dennis Gabor (1900. Budapesht – 1979) – venger fizigi, golografiya asoschisi. 1927-yildan Germaniyada, 1934-yildan Buyuk Britaniyada, 1967-yildan AQShda. Golografiyaning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan (1948-1951) va dastlabki gologrammalarni hosil qilgan, birinchi golografik mikroskopni yaratgan. Ilmiy ishlari elektronika, optika, axborotlar nazariyasi, aloqa nazariyasiga oid. Nobel mukofoti laureati (1971)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |