Frits Zernike
Qiyofa
Frits Zernike (talaffuzi: Frits Zernayk) (1888.16.7, Amsterdam-1966.10.3, Groningen) — niderland fizigi, Niderlandiya Qirollik Fanlar akademiyasi aʼzosi (1946). Amsterdam universitetini tugatgan (1912). Groningen universitetida ishlagan (1913-yildan, 1920—1958 yillarda professor). Asosiy ilmiy ishlari optika, matematik statistika va boshqalarga oid. Optik asboblar, xususan, teleskop va mikroskop nazariyasini yaratgan. Frits Zernike 1953-yilda Nobel mukofoti laureati[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |