[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ernest Lawrence

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ernest Lawrence

Ernest Lawrence (talaffuzi: Ernest Lourens) (1901.8.8, Kanton, Janubiy Dakota — 1958.27.8, Palo-Alto, Kaliforniya) — amerikalik fizik. Yel universitetini tugatgan (1925). Berkli shahridagi Kaliforniya universitetida (1930-yildan professor, 1936-yildan shu universitet Radiatsiya laboratoriya direktori) ishlagan. Ilmiy ishlari tezlatkichlar texnikasi, yadro fizikasi va uning biologiya va tibbiyotda qoʻllanishiga oid. 1930-yilda zarralarning magnit rezonas tezlatkichi — siklotron gʻoyasini ilgari surgan va birinchi namunasini kurgan (amerikalik olim N. Edlefsen bilan hamkorlikda). 1933-yilda vodorod izotopi — deytronnch kashf qildi va ular hosil qiladigan reaksiyalarni tekshirdi. AQSH atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1939).[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari