[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ibn Rushd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Rushd Abdulvalid Muhammad (arabcha: ابن رشد)(lotincha: Averroes) (1126-yil, Kordova — 10-dekabr 1198-yil, Marokash) — arab faylasufi va tabibi, Andalusiya va Marokashda yashagan, qozi va saroy haqimi boʻlgan. Aristotel asarlariga sharxlar yozgan. Gʻazoliy taʼlimotiga qarshi "Tahofut ut-tahofut" ("Raddiyatni rad etish") asari bilan falsafada muayyan oʻrin tutadi. Ibn Rushd moddiy dunyo abadiy, uning boshi ham yoʻq, oxiri ham boʻlmaydi, degan. Lekin, uningcha, moddiy dunyo fazoda cheklangan. Xudoning borligini tan olgan Ibn Rushd uning olamdan oldin boʻlganligiga ishonmagan va xudo yaratilgan olam bilan birga abadiy, deb hisoblagan. U ruh oʻlmaydi, oxirat bor degan gaplarga qarshi chiqqan. Ibn Rushd ikki haqiqat nazariyasini ilgari surib, bilimni eʼtiqodga, falsafani ilohiyotga qarama-qarshi qoʻydi hamda fanning, inson aqlining roliga yuqori baho berdi. Ibn Rushd kishi oliy kamolotga zikru sano orqali emas, balki ilmiy-falsafiy bilim orqali erishadi, deb hisoblagan. Oʻz davrining ilgʻor kishisi boʻlgan Ibn Rushd adolatli jamiyat qurishni, xotin-qizlarga teng huquq berilishini, hurlik gʻoyalarini targʻib qildi. [manba keltirish kerak]

Ibn Rushd gʻoyalari oʻrta asr falsafasiga katta taʼsir koʻrsatdi (qarang Averroizm). Ibn Rushd 7 jildli qomusiy tibbiy asar "Kitob al-kulliyot" (tibbiyot boʻyicha umumiy qoʻllanma) muallifidir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil