[go: up one dir, main page]

Vladimir Vladimirovich Putin (rus: Влади́мир Влади́мирович Пу́тин; 7-oktyabr, 1952-yil, hozirgi Sankt-Peterburg shahri) — Rossiya davlat arbobi. Rossiya Federatsiyasining ikkinchi va toʻrtinchi Prezidenti, sobiq Rossiya Bosh Vaziridir. U Boris Yelsin qaroriga binoan 1999-yilning 31-dekabridan prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib, 2000-yil 7-mayda prezidentlik lavozimiga oʻtirdi. 2004-yili u ikkinchi muhlatga saylandi; 2008-yilning 7-mayida prezidentlik lavozimini Dmitriy Medvedevga boʻshatdi[4].

Vladimir Putin
Rossiya Prezidenti
 
Mansab davri
7-may 2012-yil
Hukumat boshligʻi Viktor Zubkov (v. b.)
Dmitriy Medvedev
Mixail Mishustin
Oʻtmishdoshi Dmitriy Medvedev[1]
Mansab davri
7-may 2000-yil – 7-may 2008-yilgacha
Hukumat boshligʻi Mixail Kasyanov
Viktor Xristenko (v. b.)
Mixail Fradkov
Viktor Zubkov
Oʻtmishdoshi Boris Yeltsin
Vorisi Dmitriy Medvedev
 Rossiya bosh vaziri
 
Mansab davri
8-may 2008-yil – 7-may 2012-yilgacha
Prezident Dmitriy Medvedev
Oʻtmishdoshi Viktor Zubkov
Vorisi Viktor Zubkov (v. b.)
Dmitriy Medvedev
Mansab davri
16-avgust 1999-yil – 7-may 2000-yilgacha
Prezident Boris Yeltsin
Oʻtmishdoshi Sergey Stepashin
Vorisi Mixail Kasyanov
 Ittifoq kengashi raisi
 
Mansab davri
27-may 2008-yil – 18-iyul 2012-yilgacha
Oʻtmishdoshi Viktor Zubkov
Vorisi Dmitriy Medvedev
Fayl:Логотип партии "Единая Россия".svg
 Birlashgan Rossiya partiyasi raisi
 
Mansab davri
7-may 2008-yil – 26-may 2012-yilgacha
Oʻtmishdoshi Boris Grizlov
Vorisi Dmitriy Medvedev
 MDH kengashi raisi
 
Mansab davri
25-yanvar 2000-yil – 29-yanvar 2003-yilgacha
Oʻtmishdoshi Boris Yeltsin
Vorisi Leonid Kuchma
Mansab davri
16-sentyabr 2004-yil – 20-may 2006-yilgacha
Oʻtmishdoshi Leonid Kuchma
Vorisi Nursulton Nazarboyev
Mansab davri
1-yanvar 2017-yil – 31-dekabr 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Almazbek Atambayev
Vorisi Emomali Rahmon
Xavfsizlik kengashi kotibi
Mansab davri
29-mart 1999-yil – 9-avgust 1999-yilgacha
Prezident Boris Yeltsin
Oʻtmishdoshi Nikolay Bordyuja
Vorisi Sergey Ivanov
FSB direktori
Mansab davri
25-iyul 1998-yil – 9-avgust 1999-yilgacha
Prezident Boris Yeltsin
Oʻtmishdoshi Nikolay Kovalyov
Vorisi Nikolay Patrushev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-oktyabr 1952-yil (1952-10-07) (72 yosh)
Sankt-Peterburg
Fuqaroligi Sovet IttifoqiRossiya bayrogʻi Rossiya
Siyosiy partiyasi KPSS (1975—1991)
Bizning uy – Rossiya (1995}
«Birlashgan Rossiya»(2008—2012)
Turmush oʻrtogʻi Lyudmila Putina (1983—2013)[2]
Bolalari qizlari: Katerina Tixonova
Mariya Putina[3]
Kasbi yurist, razvedkachi
Ilmiy unvoni iqtisod fanlari nomzodi
Maʼlumoti 1). Sankt-Peterburg universiteti;
2). KGB Oliy maktabi;
3). KGB Razvedka maktabi
Mukofotlari
Qrim va Sevastopol ozodligi uchun medali
Faxriy legion ordeni
Qirol Abdulaziz ordeni
Serbiya Respublikasi lentali ordeni
Xizmatlari uchun ordeni katta xochi (Gvineya)
1-darajali muqaddas Knyaz Vladimir ordeni 1-darajali Sergiy Radonejskiy ordeni
palash
Mansubligi Sovet IttifoqiRossiya bayrogʻi Rossiya
Qoʻshin turi KGB
Xizmat yillari 1975—1991
Unvoni


Polkovnik


Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi

Putin 2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovida 64% ovoz yigʻib, uchinchi muhlatga saylandi[5]. U prezidentlik lavozimini 2012-yil 7-mayida egallagan. Forbes jurnali uni Dunyoning eng qudratli kishisi deb baholagan.

Biografiyasi

Sankt-Peterburg universitining yuridik fakultetini tugatgan (1975). Oʻqishni tugatgach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985—1990).

  • 1990-yildan Sankt-Peterburg universiteti rektorining yordamchisi,
  • Sankt-Peterburg shahar kengashi raisi maslahatchisi. SanktPeterburg shahri meriyasida tashqi aloqalar boʻyicha qoʻmita raisi (1991—1994), ayni paytda Sankt-Peterburg hukumati raisining birinchi oʻrinbosari (1994—1996),
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ish boshqaruvchisi oʻrinbosari (1996—1998),
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Bosh nazorat boshqarmasi boshligʻi (1997—1998), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari (1998-yil may — iyul),
  • Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori (1998-yil iyul — 1999-yil avgust), ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi (1999-yil mart — avgust).
  • Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi (1999-yil avgust — 2000-yil may), ayni paytda 1999-yil 31-dekabrdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi.
  • 2000-yildan 26-martdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti (2004-yil 14-martda ikkinchi muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti etib saylandi).
  • 2012-yil 7-maydan eʼtiboran yana Rossiya Federatsiyasi Prezidenti[6].

Shaxsiy hayoti

Oilali. 1983-yil 28-iyul kuni Lyudmila Aleksandrovnaga nikohlangan. Oʻzaro nikohdan ikki farzandi Mariya (1985-yil Sankt-Peterburgda tugʻilgan) va Katerina (1986-yil Drezdenda tugʻilgan) ismli qizlari bor. 6-iyun kuni „Rossiy 24“ telekanaliga intervyu bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turmush oʻrtogʻi ularning nikohi yakuniga etganini eʼlon qilishdi[7]. Ushbu qadamni izohlab, Vladimir Putin bu „umumiy qaror“ boʻlganini maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Lyudmila Putinaning qayd etishicha, soʻnggi vaqtlarda er-xotinlar „deyarli koʻrishishayotgani yoʻq, har birining oʻz hayoti bor“.

Manbalar

Havolalar