[go: up one dir, main page]

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi

SSSR tarqalganidan keyin tuzilgan xalqaro tashkilot
(MDHdan yoʻnaltirildi)

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlgani qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga Mustaqil davlatlar hamdostligining maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzolashdi. 1993-yil dekabrda Mstaqil davlatlar hamdostligiga Gruziya qoʻshildi. 1993-yil yanvarda Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi haqiqiy aʼzolari bilan birga Mustaqil davlatlar hamdo'stligi faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. Mustaqil davlatlar hamdo'stligining quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa Mustaqil davlatlar hamdo'stligining doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. Mstaqil davlatlar hamdostligi organlarining faoliyati Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Nizomi bilan tartibga solinadi.

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi

MDH bayrogʻi

MDH emblemasi
Qisqartma MDH
Turi Xalqaro hukumatlararo tashkilot
Ishga tushgan sanasi 8-dekabr, 1991-yil (32 yil avval) (1991-12-08)
Joylashuvi

 Belarus Belarus, Minsk

Rossiya bayrogʻi Rossiya , Moskva
Aʼzolari

9 aʼzo davlatlar,

1 kuzatuvchi davlat
Vebsayti https://e-cis.info
Til(lar)i rus tili
CIS (orthographic projection, only Crimea disputed).svg

Mustaqil davlatlar hamdo'stligi sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.

Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Mustaqil davlatlar hamdo'stligida ishtirok etmoqda. U Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi[1].

Mustaqil davlatlar hamdo'stligining 20 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi

Aʼzolari

tahrir

Bu tashkilotga 9 mustaqil davlat aʼzodir:

Davlat Imzoladi
  Armaniston 21-dekabr 1991
Ozarbayjon bayrogʻi  Ozarbayjon 21-dekabr 1991
Belorussiya bayrogʻi  Belarus 8-dekabr 1991
Qozogʻiston bayrogʻi  Qozogʻiston 21-dekabr 1991
Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston 21-dekabr 1991
Moldova bayrogʻi  Moldova 21-dekabr 1991
Rossiya bayrogʻi  Rossiya 8-dekabr 1991
Tojikiston bayrogʻi  Tojikiston 21-dekabr 1991
Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston 21-dekabr 1991

Kuzatuvchi davlat:

Tashkilotni tark etgan davlatlar:

Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan:

  • Mogʻuliston bayrogʻi  Mongoliya Mustaqil davlatlar hamdo'stligining baʼzi strukturalarida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.
  • Afgʻoniston bayrogʻi  Afgʻoniston 2008-yili Mustaqil davlatlar hamdos'tligi tarkibiga kirish hoxishini bildirdi, Mustaqil davlatlar hamdo'stligining „Parlamentlararo Assambleya“sida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.

Oʻzining Mustaqil davlatlar hamdo'stligi tarkibiga kirishini xohlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi kelishuvni amalga oshirmagan. Bular quydagilar:

Tarixi

tahrir

1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSRning tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (Mstaqil davlatlar hamdostligi) tashkil topdi. Mstaqil davlatlar hamdostligi ga asta-sekin 12 respublika aʼzo boʻLib kirdi. Boltiqboʻyi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga oʻz hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari koʻrsatkichi nasib etdi.

1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon boʻla boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomoni dan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida boʻlishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi.

MDHning 2017-yilgi sammiti

Mstaqil davlatlar hamdostligining barcha sammitlari

tahrir

Mustaqil davlatlar hamdo'stligining barcha aʼzolari (alfavit boʻyicha)

tahrir
  1. Sayfiddin Joʻrayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbekistonda politologiya [2001-yil 18-oktabrda Toshkent shahrida oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari], T., 2002; Neshatayeva T. N., Mejdunarodnie organizatsii i pravo. Novie tendensii v mejdunarodno-pravovom regulirovanii, M., 1999.

Havolalar

tahrir