[go: up one dir, main page]

Kun.uz – 2012-yil yanvarida ishga tushgan oʻzbek tilidagi eng faol internet-nashrlardan biri. Sayt muassisi „WEB EXPERT“ mas`uliyati cheklangan jamiyati. Rahbari – Umid Shermuhammedov.

Kun.uz
Joriy holati faol
Sayt turi internet-nashr
Muassisi «WEB EXPERT» MChJ
Ochilgan sanasi 2012-yil yanvar
URL www.kun.uz

2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi)dan 0987-raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan[1]. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida xabar va yangiliklarni yoritib beruvchi eng tezkor saytlardan biri hisoblanadi.[2]

Bugungi kunda nashr yangiliklarini 1 kunda 351 ming kishi, 1 oyda 10 milliondan ortiq kishi oʻqiydi. Saytdagi koʻrishlar soni esa 1 oyda 23 milliondan oshadi. Sayt 2012-yili.uz milliy domeni internet-festivalida Eng Yaxshi OAV Sayti nominatsiyasi gʻoliblaridan biri boʻldi[3]. Alexa maʼlumotlariga koʻra, „kun.uz“ sayti – Oʻzbekistonda eng mashhur saytlar ichida 4-oʻrinda[4].

Bugungi kunda nashrda 50 dan ortiq tajribali, taniqli, yosh jurnalistlar, shuningdek, muharrir hamda musahhihlar, tasvirchilar faoliyat olib boradi[5].

Manbalar

tahrir
  1. arxiv nusxasi, 2012-08-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-07-13
  2. Gossayti ne uspevayut za novostyami, Gazeta.uz
  3. Nazvani pobediteli internet-festivalya. „Gazeta.uz“ – sredi luchshix, Gazeta.uz
  4. „kun.uz Competitive Analysis, Marketing Mix and Traffic - Alexa“. alexa.com. 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
  5. „Tahririyat jamoasi Qaralgan sana=24.07.2024“ (kun.uz).

Havolalar

tahrir