[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Vaterpolo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vaterpolo (ing . water-polo) — sport turi (qarang Suv polosi).

Suv polosi, vaterpolo — suvda, yaʼni toʻgʻri burchakli hovuz (30x20 m, chuqurligi kamida 1,8 m)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; har jamoada 7 tadan oʻyinchi qatnashadi. Hovuzga 3x0,9 m lik 2 ta darvoza oʻrnatiladi. Oʻyinning maqsadi — raqib darvozasiga iloji boricha koʻp toʻp tushirish. Suv polosi toʻpining aylanasi 68—71 sm, ogʻirligi 400—450 gr. 1967 yildan boshlab plastmassa toʻp bilan oʻynaladi. Qoidaga koʻra, musobaqa sof oʻyin vaqti 5 min. dan boʻlgan 4 bosqichda 2 minutlik tanaffus bilan oʻtkaziladi. Har qanday usulda suzish, toʻpni 1 qoʻlda olib yurish va otish mumkin (faqat darvozabongina 2 qoʻlida oʻynaydi), qoʻlida toʻp boʻlmagan raqibga hujum qilish man etiladi. Qoidani buzganlik toʻpni oʻyinga kiritish huquqini raqibga berish, oʻyindan chiqarib yuborish (45 sek. yoki darvoza ishgʻol qilingunga qadar) bilan jazolanadi. Oʻyinning dastlabki qoidalarini shotlandiyalik V.Uilson ishlab chiqqan (1876). 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan Suv polosi Yevropa mamlakatlarida ommalasha boshladi. 1926-yil Xalqaro havaskorlar suzish federatsiyasi (FINA) huzuridagi Suv polosi qoʻmitasi tuzilgan. 1973 yildan jahon chempionata musobaqalari oʻtkaziladi. 1900 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonda Suv polosi oʻyinlari 1946 yildan uyushtirila boshlagan. Mamlakatimizda "Mehnat", "Lokomotiv", "Spartak", "Yoshlik" va boshqa jamoalar bor. OʻzbekistanS.p. federatsiyasi 1993-yil tashkil etilgan. Erkin Shagayev sportning shu turi boʻyicha olimpiada chempionidir.[1]

  1. "Vaterpolo" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil