[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Margʻiyona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Margʻiyona (yun., qadimgi forscha Margush, Avestoda — Mouru, oʻrta forschada — Marv) — Oʻrta Osiyodagi katta tarixiy madaniy viloyat. Murgob daryosining oʻrta oqimidagi hududlar va Marv vohasi (Turkmaniston)dan iborat boʻlgan. Margʻiyona hududida — eneolit davrida ibtidoiy odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida Murgʻobning yuqori havzasida qad. dehqonchilik markazi (Kallali vohasi) vujudga kelgan, bu yerda atrofi minorali mudofaa devori bilan oʻralgan yirik qishloqlar paydo boʻlgan. Ilk temir davri (miloddan avvalgi 1ming yillik boshlarida viloyatni oʻzlashtirish davom etgan. Yirik sugʻorish tizimlari barpo qilingan, sunʼiy baland tepaliklar ustiga qurilgan qoʻrgʻon (qalʼa)li qishloqgsar paydo boʻlgan (Yoztepa, Arvalitepa), ular kichik mulklarning markazi sanalgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtasida viloyat markazi jan.ga, Erkqalʼa va Gabr qalʼa oʻrniga koʻchgan, bu yerda Margʻiyonaning poytaxt shahri — qad. Marv bunyod etilgan. Margʻiyonani Axomaniylar davlati tomonidan bosib olinishi (miloddan avvalgi 6-asr 2-yarmi) Frada boshchiligidagi Martena qoʻzgʻoloninn keltirib chiqargan. Qoʻzgolon Doro hukmronligi (miloddan avvalgi 521486)ning dastlabki yillarida ayovsiz bostirilgan. Margʻiyona Baktriya satrapligi tarkibiga kiritilgan. Miloddan avvalgi taxminan 329 yil Margʻiyona Aleksandr tomonidan bosib olingan. Aleksandr bu yerda (Gabr qalʼa oʻrnida) Aleksandriya shahriga asos solgan. Miloddan avvalgi 4-asr oxiridan miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalarigacha Margʻiyona Salavkiylar davlatiga tobe boʻlgan. Viloyat markazi qilib Margʻiyonadagi Antioxiya shahri olingan. Yunon-Baqtriya podsholigi barpo etilgach, Margʻiyona maʼlum vaqt uning satrapiyalaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-asrning 2-yarmida Margʻiyona Parfiya tarkibiga kirgan. Milodiy 1-asrning 2-yarmidan — 3-asr boshigacha bu yerda mahalliy shoh Sanobarning avlodlari sulolasi qaror topgan. Milodiy 3-asr 2-choragidan — 4-asr oʻrtasigacha Margʻiyona Sosoniylar davlatita boʻysungan. 651 yil Margʻiyonani arablar fath etgan.

  • Avesto [Yashtkitobi] (Ishoqov Margʻiyona tarjimasi), T., 2001;
  • Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001;
  • Sagdullayev A., Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1996.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil