[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kenana ibn al-Robiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kenana ibn al-Robiy (arabcha: كِنَانَة ٱبْن ٱلرَّبِيع) – Islom paygʻambari Muhammadning muxolifi, Kenana ibn al-Robi’a, shuningdek, Kenana ibn al-Robiy ibn Abu al-Huqayq nomi bilan ham tanilgan. VII asrda Arabistondagi yahudiy arab qabilasi rahbari. Shoir al-Robiy ibn Abu al-Huqayqning oʻgʻli. Musulmonlarning Banu Nodir bilan boʻlgan toʻqnashuvlarida oʻldirilgan.

Kenana ibn al-Robiyning al-Robiy ibn al-Robiy va Sallam ibn al-Robiy ismli ikki nafar ukasi boʻlgan. Aytishlaricha, Kenana Muhammadni Islomga koʻra namoz vaqtida yuzini Makkaga (qibla) qaratish odatidan voz kechishga undagan. Oʻzi aʼzo boʻlgan Banu Nodir qabilasidan quvilganidan soʻng, Kenana ibn al-Robiy oilasi bilan Haybarga kelgan va u yerda Qomus deb ataladigan qalʼaga egalik qilgan[1].

Al-Muborakpuriyning taʼkidlashicha, al-Robiy Muhammad va Haybar ahli oʻrtasidagi kelishuvlarga koʻra musulmonlardan hech narsani yashirmasligi kerak boʻlgan. Biroq keyinchalik kelishuvni buzganligi sababli qatl etilgan[2]. Montgomery Watt Kenanani xazinani yashirgani uchun qatl etilgan degan fikrni qoʻllab-quvvatlaydi[3]. Shibli Noʻmoniy esa Kenana Muhammad bin Maslamaning ukasi Mahmudni oʻldirgani uchun oʻlimga mahkum etilganini taʼkidlaydi, biroq uning oʻzi ham Kenananing qatl etilishi borasidagi ushbu maʼlumotlarning ishonchli ekanligiga shubha bildiradi[4].

  1. s.v. „Khaybar“, The Encyclopedia of Islam (L. Veccia Vaglieri).
  2. Mubarakpuri (1996), pg. 372
  3. Watt (1956), pg. 218
  4. Nomani, vol. II, pg. 173
  • Muhammad ibn Ismail al-Bukhari. Sahih Bukhari.
  • the story does not appear in this source Gottheil, Richard et al. „Kenana“. Jewish Encyclopedia. Funk and Wagnalls, 1901-1906.
  • Ibn Ishaq. The Life of Muhammad: A Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasul Allah. A. Guillaume, trans. Oxford Univ. Press, 1955. The story Does not appear in this source.
  • Muslim ibn al-Hajjaj al-Qushayri. Sahih Muslim. Abdul Hamid Siddiqi, et al., transl’s. revised ed. 2000.