[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kangyuy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kangyuy,qang‘xa Qangʻ davlati, Qanhxa, qadimiy xitoy manbalarida Kangju (xitoycha: 康居; (kāngjū) yoki K'ang-chü; Sharqiy xitoychada: kʰɑŋ-kɨɑ < *khâŋ-ka (miloddan avval 140-yillar), rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (miloddan avval III — milodiy V asr oʻrtalari).

Qang' davlati va u haqidagi ma'lumotlarning faqat xitoychadagi manbalari bizgacha yetib kelgan xolos. Yunon, Eron va Hind manbalarida ham Qang' davlati haqida ma'lumotlar o'sha davrlarda yozilgan bo'lishi mumkin, lekin bu manbalar bizning davrgacha yetib kelmagan. Ba'zi xitoy adabiyotlarda Qang' aholisi qang'lar yoki qang'lilar deb nomlanadi. Kangju - podsholikning xitoycha nomi. Kangju nomi hozirda So'g'diyona nomining o'zgarishi yoki mutatsiyaga uchragan shakli sifatida qabul qilinadi. Oʻsha zamondagi xitoy manbalariga koʻra, Yuechjilardan keyin Sug'd hududidagi ikkinchi qudratli davlat Kangju boʻlgan. Uning xalqi, xitoy tilida Kāng (kāng) nomi bilan tanilgan, hind-yevropa xalqlariga oid bo'lib, sharqiy eroniy tilda gaplashgan va yarim ko'chmanchi turmush tarziga ega edi. Venger tarixchi olimi Denis Sinor va amerikalik tarixchi Peter Benjamin Golden tadqiqotlariga ko'ra Qang'lilar sug'diylar va Asi xalqlariga juda yaqin qardosh hisoblangan.[1][2]

Kanguy nomining kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimiy Markaziy Osiyo boʻyicha ixtisoslashgan tarixchi Jon E. Xillning fikricha, “Kangju (K’ang-chü) nhànji” “Talas havzasi, Toshkent va Soʻgʻdiyona” hududida va unga yondosh hududlarda boʻlgan.[3] Edwin George Pulleyblank fikricha, Kanguyning yozgi poytaxti Beytian shahri boʻlgan va u hozirgi Toshkent yoki uning yonida boʻlgan.[4]

Qadimiy xitoychadagi "káng ju" nomi xalqning etnik nomini yozish uchunmi yoki mahalliy xalqni ta'riflash uchunmi yoki ikkalasini ham maqsad qilganmi, aniq emas. "Juang" quyidagi ma'nolarni anglatishi mumkin: "o'rin", "markaziy faoliyat joyi yoki hokimiyat; “oʻrnashish”, “yashash joyi” yoki “(harbiy yoʻl bilan) ishgʻol qilish”... Demak, bu atama oddiygina “qang'larning turar joyi” yoki “qang'lar tomonidan bosib olingan hudud” degan maʼnoni anglatishi mumkin. ... "Kang" so'zi farovonlik, "tinch", "baxtli;" degan ma'noni anglatadi. “Oʻrnashish”, “barqarorlik”, Kangju “Tinch oʻlka” yoki “Tinch (xalqlar) maskani” deb tarjima qilinishi mumkin. ...Agar "Kangju" nomi dastlab xorijiy ismlarning tovushlarini transkripsiya qilishga urinish boʻlsa ham, u xitoy tilida soʻzlashuvchilarga tinch joy ma'nosini yetkazgan boʻlardi va “Kang” nomi tinch xalqning ohangiga ega boʻlar edi.[5]

Tang sulolasi davridagi xitoy manbalarida Kangju nomi Qang davlati (soddalashtirilgan xitoycha: chàngāng; an'anaviy xitoycha: kàngāng) deb ataladi.

Kanadalik tadqiqotchi Edwin George Pulleybank "Kangju" soʻzini toxarcha “kāṅka-” soʻzi bilan bogʻladi, ehtimol “tosh” degan maʼnoni anglatadi va kanjular asli toxarlar boʻlib, ular gʻarb tarafga, Soʻgʻdga koʻchib oʻtgan va Chochda (hozirgi Toshkentda) oʻrnashib olganlar, degan fikrni ilgari surgan. Pulleyblank, shuningdek, Jie (yj) qabilasi Qiāngqú (jēngju) Xiongnu qabila konfederatsiyasiga qo'shilgan kanju xalqi bo'lishi mumkinligini taxmin qildi. Pulleyblank yana Kangjuni Kànjié zhín (*Kamkar?) va fors geografi ibn Xurdodba tomonidan quyi Yaksartga berilgan Kankar nomi bilan bog‘ladi.

Josef Marquart, Omeljan Pritsak va Piter B. Golden O‘rxun yozuvlarida tilga olingan Kangju va Kengeres, Kavkaz ortidagi Kangarayê, Kengu Tarban shahri va Konstantin VII tilga olgan Kangar nomi bilan tanilgan 3 ta pecheneg qabilalari o‘rtasidagi fonetik o‘xshashlikni qayd etgan. Shunga qaramay, bu aloqalarning hammasi taxmin bo'lib qolmoqda.

Tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karim Shohniyozovning fikricha, Qang' davlati sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Wusun) davlatlari, shimoliy gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan.

Xitoy manbalariga koʻra, Qang' davlatining janubiy hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubda — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang' davlatining janubiy chegarasi oʻzgargan.

Siyosiy va iqtisodiy tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avval II asrda Xitoy elchisi Chjan Syanʼ fargʻonaliklar yordamida Qang' davlati orqali Dayruziye (Dayuechji) davlatiga borgan. Qang' davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye boʻlgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga koʻra, Qanqa) oʻrnida, Sushiye esa hozirgi Parkent tumanidagi Soʻqoq (Sukeeke) nomli joyga toʻgʻri keladi. Qang' davlatining yozgi qarorgohlari Issiqkoʻl boʻylab, hozirgi Qoraqoʻl (Prjevalsk) yonida boʻlgan. Qang' davlatining qoʻshini 80—90 ming askarni tashkil etgan. Qang' davlati aholisining urf-odatlari Ruziye (Yuechjii) davlati aholisi urf-odatidan farq qilmagan. Oʻz navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga oʻxshash boʻlgan. Qang' davlati hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti oʻrtasida qudachilik munosabatlari oʻrnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan gʻolib chiqib, ularni oʻz joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni oʻz avlodi bilan Qang' davlatiga koʻchib kelgan. Qang' davlatining koʻchmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan oʻtroq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat bilan shugʻullangan. Ular Buyuk ipak yoʻlida xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim oʻrin tutganlar. Qang' davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir boʻlib turgan. Milodiy 5-asrning 2-yarmida Qang' davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurgʻ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqoʻrgʻon (Xe), Ustrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan.[6]

Qang'lilar hind-yevropa xalqi sifatida qaraladi va odatda so'g'diylar[7][8][9] va ularga yaqin qarindosh boʻlgan Asiylar bilan bir xil eroniy xalq boʻlgan deb hisoblanadi. Kanadalik xitoyshunos olim Edwin G. Pulleyblank qang'lilar toxarlar[10] bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.[11]

Kangjuning hukmron elitasi odatlari yuechjilarnikiga juda oʻxshash koʻchmanchi qabilalardan iborat edi. Berk-qora va Tamdida ilk davrdagi Qang' qabrlari qazilgan, ularda o'liklar qo'rg'on tepaliklari ostidagi chuqur qabrlarga, ko'pincha yog'och bilan qoplangan. Bu qabrlarda ko'pincha qo'lda yasalgan qozonlar, temir qilichlar, o'q uchlari va zargarlik buyumlari mavjud. Dafnlar shuni ko'rsatadiki, kanju an'anaviy madaniyati saklarning o'ziga xos xususiyatlariga o'xshardi. Xristianlik davrining boshidanoq "katakomba qabrlari" (shaft va kamerali qabrlarda) keng tarqaldi. Buni milodiy 1—4-asrlaridagi Kaunchi va Jun madaniyati qabristonlaridan koʻrish mumkin boʻlib, ular kanjuga tegishli deb qabul qilinadi. Qang'lar qo‘chqorni olijanob hayvon deb hisoblagan.[12]

Xitoy tarixchisi Si Ma-syan oʻz kundaliklarida „yuechjilarnikiga oʻxshash anʼana va urf odatlarga“ ega boʻlgan koʻchmanchi Kangyuy yoki Kandzyuy va Kangxa davlatlari haqida maʼlumot beradi. Antik davr tarixchilari asarlarida Kangxa davlati tilga olinmagan, ammo Avesto va Maxabxarata kitoblarida saklar va toxarlar bilan bir qatorda kankilar haqida ham atroflicha maʼlumot berilgan. Ancha keyingi Xitoy xronikalarida Amudaryo shimolida joylashgan Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon atroflari, Toshkent vohasi hamda Xorazmning shimoliy qismidan iborat barcha davlatlar Kangyuy davlatiga qaram boʻlganligi aytiladi. Xitoy manbaalarida keltirilishicha Kangyuy davlati rahbarlari „Chao-vu“ deb nomlanganlar. Umuman „djabgu“ boʻlishi ham ehtimoldan holi emas, chunki xitoy transkriptlarida bu aynan ana shunday talaffuz qilinadi. Miloddan avval II asr 2-yarmi — milodiy I asrlarda Kangyuy davlatining qudrati oʻz choʻqqisiga chiqdi. Davlatning janubiy oʻlkalarida yuechjeylar, shimolida esa xunlar taʼsiri kuchli boʻlgan Kangyuy davlatining qisqa muddatli tanglik davri Baktriyada yuechjeylar podsholigining kuchsizlanishi bilan nihoyasiga yetdi. Miloddan avval II-I asrlarda Kangyuy davlatida oʻz tangalarini zarb etish hamda pul almashinuvini yoʻlga qoʻyishga boʻlgan urinishlar kuzatildi. Mazkur jarayonda Yunon-Baqtriya hukmronligi vaqtida amal qilgan tangalardan nusxa sifatida foydalanilgan. Kangyuy moddiy madaniy tarraqqiyot darajasi Xorazm, xususan shaharning oʻng qirgʻogʻida joylashgan Janbas-qalʼa hududida amalga oshirilgan qazuv ishlari natijalarida namoyon boʻladi. 200x170 hajmdagi qalʼa balandligi 10-11 metrlik xom gʻishtdan qilingan devor bilan oʻralgan. Darvozadan qalʼa markazi sari keng koʻcha yotqazilgan. Koʻcha oxirida qurbonlik keltirish uchun aylana shaklidagi metal supaga ega boʻlgan muqaddas olov saqlash binosi qoldiqlari qazib ochilgan. Kangyuy davrida odamlar turli dinlarga mansub boʻlgan: zardoʻshtiylik, Anaxita oqimi, ot siymosida namoyon boʻlgan Mitra oqimi.

Bu davrda Kangyuy madaniyati bilan bogʻliq harbiy texnika sohasida erishilgan eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bu keyinchalik keng tarqalgan taktik uslublar boʻldi: masalan, janglarda aslahalar bilan himoyalangan otlar va sovut kiygan chavandozlar safining jipslashtirilgan holda tuzilishi. Chavandozlar kamon, nayza va qilich bilan qurollanganlar. Kangyuyning Kushon imperiyasi tarkibida boʻlganligi hali ham nomaʼlum. Xitoy manbaalariga asosan Kangyuy milod boshida ham oʻz mustaqilligini saqlab qolgan hamda yansay (aorslar-alanlar) va boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilgan.

Yaqinda Qang' va uning Xitoy bilan aloqalari haqida ma'lumot beruvchi muhim yozuvlar topildi. Xitoyning Dunxuan shahridagi Xuanquan majmuasida xitoy iyeroglifiida yozilgan o'nlab yog'och taxtalar topildi. Ular G'arbiy Xan sulolasining so'nggi davriga (miloddan avvalgi 206-24) oid.

Qozog‘istondagi Kultobe shahridan so‘g‘d yozuvlari to‘plami ham topilgan. Ular Bitaniyalik arxeolog Nicholas Sims-Williams tomonidan tahlil qilingan.[13]

Genetik tahlillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning may oyida Britaniyaning Nature ilmiy jurnalida chop etilgan genetik tadqiqot yerga ko'milgan 200 va 300-yillarga oid boʻlgan 6 ta qang'li odamining skeleti qoldiqlarini oʻrganib chiqdi.[14] DNK natijalariga ko'ra 2 ta odam R1a1a1b2a va R1a1a1b2a2b haploguruhlariga oid,[15][16] bu haploguruhlar, asosan, tojiklar, Afg'oniston, Pokiston va Hindiston xalqlarida uchraydi, o'zbeklar orasida esa 25 foizdan ziyod va shundan xulosa qilish mumkinki, qang'lar hind-yevropa xalqlaridan biri boʻlgan. Olingan 6 ta mtDNK namunasi esa onaning H6a1a, C4a1, U2e2a1, U2e2a1, A21.[31h] va H21.[31h] haploguruhlariga tegishli edi. Tadqiqot mualliflari qang'li va Usunlarda Xiongnu va saklarga qaraganda Sharqiy Osiyo xalqlarining qoni kamroq ekanligini aniqladilar. Qang'li va Usunlar ham Sibir ovchi-yigʻuvchilari va Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasiga aloqador xalqlar bilan qoʻshilib ketgan soʻnggi bronza davrining Gʻarbiy choʻl chorvadorlari avlodlaridan boʻlganligi taxmin qilingan.

  1. Sinor 1990, p. 174: "... the Sogdians, known as K'ang-chii to the Chinese...". 
  2. Golden, Peter B. (1992). An Introduction to the History of the Turkic People. Otto Harrassowitz, Wiesbaden. 53-varaq. 
  3. Hill (2015), Vol. 1, note 2.17, p. 183.. 
  4. Pulleyblank, Edwin G. (1963). "The Consonantal System of Old Chinese" (PDF). Asia Major. 9 (1): 58–144 [p. 94]. ISSN 0004-4482.. 
  5. Hill (2015), Vol. 1, note 2.17, p. 183.. 
  6. Abdulahad Xoʻjayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  7. Benjamin, Craig (October 2003). "The Yuezhi Migration and Sogdia". Transoxiana Webfestschrift. Transoxiana. 1 (Ēran ud Anērān). Retrieved 29 May 2015.. 
  8. Sinor, Denis (1 March 1990). The Cambridge History of Early Inner Asia, Volume 1. Cambridge University Press. ISBN 0521243041. Retrieved 1 January 2015. 153-varaq. 
  9. Wood, Frances (September 1, 2004). The Silk Road: Two Thousand Years in the Heart of Asia. University of California Press. ISBN 0520243404. Retrieved February 15, 2015. 94-varaq. 
  10. Wood, Frances (September 1, 2004). The Silk Road: Two Thousand Years in the Heart of Asia. University of California Press. ISBN 0520243404. Retrieved February 15, 2015.. 
  11. Loewe & Shaughnessy 1999, pp. 87–88 "On the basis of both linguistic and historical evidence , Pulleyblank has identified the Yuezhi, the Wusun, the Dayuan, Kangju, and the people of Yanqi, all names occurring in the Chinese historical sources for the Han dynasty, as Tocharian speakers.". 
  12. Mukhamedjanov, A. R. (1 January 1994). "Economy and Social System in Central Asia in the Kushan Age". In Harmatta, János (ed.). History of Civilizations of Central Asia: The Development of Sedentary and Nomadic Civilizations, 700 B. C. to A. D. 250. UNESCO. pp. 265–291. ISBN 9231028464. Retrieved 29 May 2015.. 
  13. New Evidence from Dunhuang, China and Central Asia for the Kangju Archived 2014-04-07 at the Wayback Machine nyu.edu. 
  14. Damgaard et al. 2018, Supplementary Table 2, Rows 81-82, 84, 120, 128, 131, Individuals DA121, DA 123, DA125, DA206, DA226, DA229.. 
  15. Damgaard, P. B.; et al. (May 9, 2018). "137 ancient human genomes from across the Eurasian steppes". Nature. Nature Research. 557 (7705): 369–373. Bibcode:2018Natur.557..369D. doi:10.1038/s41586-018-0094-2. PMID 29743675. S2CID 13670282. Retrieved April 11, 2020. Supplementary Table 9.. 
  16. Narasimhan 2019, Table S1.. 
  • Shaniyazov K. SH. K voprosu o tyurkoyazychnykh komponentakh v slozhenii uzbekskoy narodnosti // Problemy etnogeneza i etnicheskoy istorii narodov Sredney Azii i Kazakhstana. Vypusk 3. Etnografiya. M.,1991.