[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Fotografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fotokamera.

Fotografiya — maxsus optik asbob fotoapparat yoki telefon qurilmasida yordamida muxrlanadigan tasvir. Fotografiya tasviriy ifodaning eng mukammal ko'rinishi bo'lib, uni dunyoning istalgan burchagida tarjimasiz teng tushunish mumkin. Axborotning eng ta'sirchan ko'rinishi sanbalgan fotografiya o'zida bir qancha janrlarni qamrab oladi. Bugungi kunda uning portret, reportaj, reklama, peyzaj hamda tijoriy janrlari keng tarqalgan,

Bir pogonali diffuzion fotografik jarayon, yaʼni fotoapparatning oʻzida bir vaqtda negativ va pozitiv tasvirni juda tez hosil qilish usuli ham yaratilgan. Fotografiya oqqora (monoxrom) va rangli, statik va dinamik (kinematografiya), yassi (oddiy) va hajmiy (stereoskopik) turlarga boʻlinadi. Yoruglik sezgir materiallardan foydalanib hajmiy (fazoviy) tasvirlar olishning alohida usuli golografiya deb ataladi. U 15-asrda obyektlar tasvirini proyeksiyalab, soʻngra qogʻozga rasmini chizishdan boshlangan. Bu usulni Leonardo da Vinchi qoʻllagan. Lekin fotografiya yorugʻlik sezgir moddalar maʼlum boʻla boshlagach paydo boʻlgan. 18-asrda dastlabki yorugʻlik sezgir modda sifatida kumush tuzi topilgan va tadqiq qilingan. Buyuk Britaniyada 1802-yilda T. Uejvud AgNO3 qatlamida tasvir olishga erishdi, lekin uni mustahkamlash usulini bila olmadi. Fotografiya ixtiro qilingan vaqt 1839-yil deb hisoblanadi, chunki shu yili fransuz rassomi L.J.M.Dager (fransuz olimi J.N.Nyeps bilan hamkorlikda) Parij akademiyasiga fotografiya usuli haqida axborot beradi. Bunda yorugʻlik sezgir qatlam sifatida kumush ioditdan foydalanilgan. Keyinroq obyektiv ixtiro kilindi (muallifi vengriyalik optik I.Petsval, 1840), ingliz ixtirochisi fotografiya SkottArcher 1857-yilda hoʻl yorugʻlik sezgir material (kolloidli emulsiya) ga asoslangan fotojarayonni ishlab chiqdi, 1871-yilda uning vatandoshi R.Meddoks quruq yorugʻlik sezgir materialdan foydalanishni taklif etdi. 20-asrda fotografiya asosiy axborot va hujjatlashtirish vositasi boʻlib qoldi.

Optik sensibilyatsiya hodisasi kashf qilinganidan, plyonkali fotomateriallar, kumush birikmalari boʻlmagan fotomateriallar, yangi modeldagi fotoapparatlar yaratilganidan soʻng fotografiyani qoʻllanish sohalari ancha kengaydi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan fotoapparatlar mavjud. Fotografiya astronomiya sohasidagi tadqiqotlarda (qarang Astrofotografiya); astrofizikada (qarang Astrofotometriya), biologiya, kimyo, kinematografiya, televideniye, kosmonavtika, tibbiyot, fizika, matbaa, matnli va grafikli asl nusxalardan fotografik usulda nusxalar koʻpaytirishda, kundalik turmushda keng qoʻllanadi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotografiya atamasi yunoncha φως — fos („yorugʻlik“) hamda γραφίς — grafis („chizuv“) soʻzlaridan kelib chiqqan. Fotografiya mahsuloti fotosurat yoki foto deyiladi.