Fotoapparat
Fotoapparat, fotokamera, suratga olish apparati — suratga olinadigan obyektlar optik tasvirini fotomateriallarning yoruglik sezgir qatlamiga tushiruvchi optikmexanik qurilma. Fotosuratga olishda obyektning optik tasviri optik tizimlar yordamida fotomaterialning yorugʻlik sezgir qatlamiga maʼlum vaqt oraligʻida proyeksiyalanadi. Natijada yoruglik sezgir qatlamda suratga olingan obyektning yashirin tasviri hosil boʻladi; fotomaterialga kimyoviyfotografik ishlov berilgandan soʻng suratga olingan obyektning koʻrinadigan negativ yoki pozitiv tasviriga aylanadi. Fotoapparatning havaskorlik, professional va maxsus xillari bor. Havaskorlik va professional fotoapparatlardan kishilarni, peyzaj, sport musobakalarini suratga olishda, portretlar yasash va boshqa da foydalaniladi. Maxsus fotoapparatlarda fototexnika ishlari, aerofotosʼyomka, mikrosʼyomka va boshqa bajariladi. otoapparat fotomaterialda hosil boʻladigan tasvirlar oʻlchami (kadrlar formati)ga qarab mitti (13x17 mm), yarim formatli (18x24 mm), kichik formatli (28x28 va 24x36 mm), oʻrtacha formatli (45x60 dan 60x90 mm gacha) va yirik formatli (90x120 mm va undan katta) xillarga boʻlinadi.
Zamonaviy fotoapparatlarning asosiy uzellari: yoruglik oʻtkazmaydigan kamera (uning korpusi bikr, ikki tomonlama ochiladigan, teleskopik yoki buklama koʻrinishda boʻladi), obyekt tasvirini fotomaterial (fotoplyonka yoki fotoplastinka)ga tushirib beradigan obyektiv, fotoplyonka yoki fotoplastinkaning yorugʻlik sezgir qatlamiga yorugʻlik nurini oʻtkazishni taʼminlaydigan zatvor, ravshanlikka toʻgʻrilash mexanizmi, vidoiskatel (koʻrinish qidirgich), fotoplyonkani qayta oʻrash mexanizmi, fotoplyonka kassetasi, zatvor va chaqmoqlampa ishini sinxronlovchi sinxrokontakt, ekspozitsiya vaqtini yarim avtomatik aniklaydigan fotoeksponometr, zatvorni ishga tushiradigan avtomatik tepki.
Miloddan avvalgi 350 yilda yunon olimi Aristotel kichik teshik (mas, darcha) dan qorongʻi xonaga tushayotgan yorugʻlik nurlaridan xonaning qaramaqarshi devorida tashkaridagi, darcha oldidagi narsalarning yorugʻlik tasviri hosil boʻlishi mumkin, degan edi. 18 asr oʻtgandan keyin Leonardo da Vinchi bu hodisadan turli narsalarning tasvirini qogʻozga chizishda foydalangan. 1611-yilda nemis astronomi I. Kepler ikki linzadan iborat teleskopik tizimni yasadi. 1840-yilda avstriyalik olim I.Petsval bir necha linzadan iborat optik tizimni (obyektivni) hisoblab chikdi va uni nemis optigi P.Foixtlender yasadi. 19-asr 30-yillarida fransiyalik Jiro kassetasi katta boʻlgan yogʻoch fotokamerani koʻplab ishlab chiqardi. 1842-yilda Germaniyada metall korpusli fotoapparat ishlab chikarila boshlandi. 1888-yilda amerikalik ixtirochi J. Istmen dunyoda birinchi marta rolikka oʻralgan fotoplyonka oʻrnatilgan fotoapparat yaratdi. 1924-yilda "Leys" firmasi kichik formatli "Leyka" fotoapparatni, 1970-yillarda ekspozitsion parametrlari yarim avtomatik va avtomatik oʻrnatiladigan, obyektivi avtomatik fokus lanadigan, fotozatvori elektron boshqariladigan, plyonkani tortish mexanizmi elektr yuritmali fotoapparatlar yaratildi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan, uyali telefon apparatiga "singdirilgan" fotoapparatlar mavjud.
Chet elda fotoapparat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 50 dan ortiq konsern, firma va zavodlar mavjud, jumladan: "Istmen kodak", "Polyaroid" (AQSH), "AlfaGevert" (GermaniyaBelgiya), "Nippon kogaku", "Kenon", "Minolta kamera", "Asaxi optikl", "Konisirovku foto" (Yaponiya), "Leys", "Rolley", "Karl Braun", "Minoks", "Pentakon" (Germaniya), "Xassel blad" (Shvetsiya), "Krasnogorsk zavodi", "LOMO" birlashmasi (Rossiya), "Arsenal zavodi" (Ukraina) va boshqa
Havaskorlik fotoapparatdan "Kenon", "Nikon" (Yaponiya), "Pentakon" (Germaniya), "Kodak" (AQSH), "Zenit", "FED", "Zorkiy" (Rossiya), "Kiyev" (Ukraina), "Xasselblad" (Shvetsiya) koʻplab ishlatiladi.
Qoʻllaniladigan fotomaterialga qarab, fotoapparatlar plyonkali va plastinkali boʻladi.
Baʼzida fotoapparatdan koʻz ilgʻamas (fotoqatlamda qayd qilinadigan) ultrabinafsha yoki infraqizil nurlarni suratga tushirishda foydalaniladi. Bunday hollarda koʻzguli obyektiv yoki nurlarga moye keluvchi linza komponentlari, shaffof materiallar: kvars, flyuorit, litiy ftoridli (ultrabinafsha nurlar uchun); natriy xlorid, kremniy, germaniyli (infraqizil nurlar uchun) obyektiv ishlatiladi. Obʼyekt tasvirini biror tor spektral intervalda olish yoki fotosʼyomkada surat badiiy yaqqol chiqishi uchun obyektivda olib qoʻyiladigan turli yoruglik filtrlari qoʻllanadi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridan raqamli fotoapparat qoʻllanila boshlandi. FOTOBIOLOGIYA (foto... va biologiya) — ultrabinafsha va infraqizil nurlar taʼsirida organizmlarda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganadigan fan; biologiyaningbirboʻlimi. fotoapparatga 18—19-asrlarda asos solingan. Uning paydo boʻlishi fotosintezning kashf etilishi, rangli koʻrish jarayonining asoslab berilishi, yorugʻlik ishtirokida sodir boʻladigan tabiiy hodisalar (fotoperiodizm, fototaksis va boshqalar) ning aniqlanishi bilan bogʻliq. Lekin fotoapparat mustaqil fan sifatida 20-asrning 2yarmida nurlanish kvant taʼlimotining ishlab chiqilishi, shuningdek, biokimyo, biofizika va fiziologiyaning rivojlanishi bilan bogʻliq. Fotoapparatning vazifasi yorugʻlik kvantlari energiyasining kimyoviy boglar va biologik membranalardagi elektr potensial energiyasiga aylanishini xamda fotobiologik jarayonlarda fotokimyoviy va qorongʻilik fermentativ fazalarining oʻzaro bogʻlanishini aniklash, fotoretseptorlar va ular funksiyasining molekulyar asoslarini oʻrganish hamda fotobiologik jarayonlarning samaradorligi sabablarini koʻrsatib berishdan iborat.
Fotoapparat sohasidagi tadqiqotlar qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining hosildorligini oshirish, quyosh nuridan foydalanish, fotobiologik hodisalar prinsiplari asosida sunʼiy sistemalar yaratish, lazer nurlaridan biologiya, fototerapiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida amaliy foydalanishga oid.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |