[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Mendeleyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Ivanovich Mendeleyev
Tavalludi 27-yanvar (8-fevral) 1834-yil
Tobolsk,
Tobolsk guberniyasi,
Rossiya imperiyasi
Vafoti 20-yanvar (2-fevral) 1907-yil (72 yosh)
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Istiqomat joylari (istiqomat joylari)
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
Millati Rossiya imperiyasi
Sohasi Ximiya, fizika, ekanomika, geologiya, metrologiya
Institutlar (institutlar)
Taʼlimi Sankt-Peterburg davlat universiteti
Akademik rahbarlari A.A.Voskresenskiy
Mashhur shogirdlari D.P.Konovalov,V.A.Gemilian, A.A.Boykov, A.L.Potilitsin, S.M.Prokudin-Gorski
Mashhur ishlari Kimyoviy elementlar davriy sistemasi

Mendeleyev Dmitriy Ivanovich (1834.27.1 (8.2), Tobolsk — 1907.20.1 (2.2), Peterburg (hozirgi Sankt-Peterburg)) — rus kimyogar olimi va pedagogi. Peterburgdagi Bosh pedagogika instituti fizika matematika fakultetining tabiiy fanlar boʻlimini tugatgan (1855). 1856-yilda Peterburg universitetida magistrlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 1859—1861 yillarda Gelderberg shahriga ilmiy xizmat safariga yuboriladi. Mendeleyev bu yerda Gelderberg universitetining R. V. Bunzen boshchiligidagi laboratoriyasida ishlaydi. 1861 yilda „Organik kimyo“ darsligi chop etiladi. 1865-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi va Peterburg universitetining professori, 1876 yildan Peterburg FA muxbir aʼzosi qilib saylanadi. 1893-yilda Mendeleyevning tashabbusi bilan Oʻlchov va tarozi namunalari deposi Oʻlchov va tarozilar bosh palatasiga aylantiriladi. Mendeleyev. umrining oxirigacha shu ishda boshqaruvchi (direktor) boʻlib ishlaydi.

M.ning ilmiy faoliyati keng va koʻp qirrali boʻlib, eng asosiylari kimyo, kimyotexnologiya, fizika, metrologiya, meteorologiya, iqtisod va boshqalarga oid. Kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf qilinishi — Mendeleyevning buyuk xizmatidir (qarang Mendeleyev davriy sistemasi). M. eritmalarning kimyoviy („gidrat“) nazariyasini ishlab chiqdi, kritik trani(kritik temperatura?) kashf qildi (1860). Bir mol ideal gaz uchun bosim, hajm va temperatura orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi holat tenglamasini (Klapeyron — Mendeleyev tenglamasi(qaysi biri toʻgʻriroq?)) hisoblab topdi (1874). Koʻmirni yer ostida gazga aylantirish gʻoyasini ilgari surdi (1888). Tutunsiz poroxning yangi tarkibini topdi (1890) va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

Moskva kimyotexnologiya instituti va Tobolsk pedagogika instituti Mendeleyev nomiga qoʻyilgan. Shimoliy Muz okeanidagi suv osti tizmasi, Kunashir orolidagi (Kuril orollari) soʻnmagan vulkan, Oydagi krater, mendeleyevit minerali M. sharafiga atalgan.

1955 yilda Amerika olimlari (G. Siborg va boshqalar) sintez qilgan 101-elementni Mendeleyev sharafiga mendeleviy (Md) deb atadilar.

  • Makarenya A. A., Filimonova I. N., Karpilo N. G., D. I.Mendeleev v vospominaniyax sovremennikov, 2 nashr, M., 1973.