[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Atsetatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atsetatlar (lotincha acetum — sirka) — Sirka kislotaning tuzlari va efirlari. Koʻpchiligi suvda yaxshi eriydi. Toʻqimachilik sanoatida xurush sifatida, tibbiyotda antiseptik vosita va b. maqsadlarda ishlatiladi. Efirlari — xushboʻy hidli uchuvchan suyuqlikdir. Atsetatlar (asosan etil atsetat) nitrotsellyuloza loklari va poliefir smolalar uchun erituvchi sifatida, shuningdek selluloid, kinoplyonka, atir-upa ishlab chiqarishda va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Vinil atsetat asosida sunʼiy tolalar, loklar va yelimlar tayyorlanadi[1].

Atsetatlar — tuzlar va efirlar Sirka kislotasi, masalan:

  • CH3COOC2H5 etilatsetat (etil efiri sirka kislotasi);
  • CH3COONa Natriy atsetati;
  • CH3COONH4 ammoniy atsetati;
  • Pb(CH3COO)2·3H2O Qoʻrgʻoshin qumi.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil