[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Arekipa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arekipa — Peruning Limadan keyingi ikkinchi katta shahri. Mista vulkani etagida, 2300 m balandlikda joylashgan; zilzila boʻlib turadi. Aholisi 634 ming kishi (1990). Peruning janubidagi savdo-tijorat, sanoat va madaniyat markazi; Tinch okeandan mamla-kat ichki rayonlariga boradigan temir yoʻl ustida. Toʻqimachilik, koʻn-teri, sovun, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet (1928) bor. A. inklarning qadimgi shahri oʻrnida ispanlar tomonidan 1540-yilda barpo etilgan. 16 — 18-asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil