[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Abdulmalik II (Somoniy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulmalik II
Somoniylar davlati amiri
Saltanat 999
Oʻtmishdoshi Mansur II
Davomchisi Muntasir Ismoil
Dynasty Somoniylar
Otasi Nuh II
Dini Ahl as-Sunna val-Jamoa

Abdulmalik II Abu-l-Favaris ibn Nuh (Somoniy) — Movarounnahr hukmdori (999). Somoniylar sulolasi vakili.

999-yil fevral oyida Abdulmalikning akasi Mansur II taxtdan agʻdarilgan va koʻzlari koʻr qilingan. Mansurning agʻdarilishidan Gʻazna hukmdori Mahmud Gʻaznaviy somoniylar qoʻl ostida boʻlgan Xurosonning qolgan qismini zabt etish uchun bahona sifatida foydalangan. Lekin Mahmud Begtuzun, Foiq va Koʻhiston hukmdori Abulqosim Simjuriyni oʻziga kuchli raqib deb hisoblaydi va shuning uchun 999-yilning bahorida Balx va Hirotni saqlab qolgan holda ular bilan sulh tuzadi[1].

Ittifoqchilar Mahmud lashkarining orqa tomoniga hujum qilib, tinchlik shartnomasini buzadilar. Mahmud Gʻaznaviy qoʻshinlari esa jangni qayta boshlandi. 999-yil 16-mayda Abdulmalik va uning qoʻmondonlari Marv yaqinidagi jangda Mahmud G‘aznaviydan qattiq mag‘lubiyatga uchraydi va Abdulmalik Xurosonni unga qoldirib, Buxoroga qaytib keldi. Mahmud Gʻaznaviy Marv yaqinida ittifoqchilarni yengishi natijasida Amudaryoning janubidagi barcha yerlarni egallab oladi. U shuningdek, shu paytgacha Somoniylarning sodiq vassallari boʻlgan Chagʻoniylar va Amudaryo shimolidagi boshqa kichik davlatlarning sadoqatini qozondi.

O‘z fuqarolarining dushmanligi bilan yuzma-yuz kelgan Abdulmalik turklar hujumi oldida ojiz edi. Yaqinlashib kelayotgan dushmanga qarshi xalq urushini uyushtirishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hukumatning masjidlar minbarlaridan o‘qilgan murojaati aholi tomonidan mutlaqo loqaydlik bilan kutib olindi. Turkiy qo‘riqchilarning boshliqlari dushman tomoniga o‘tdilar.

999-yilning kuzida Nasr ibn Ali Qoraxoniy Buxoroga hujum qildi. Abdulmalik ommani dushmanga qarshi ko‘tara olmadi. Askarlar, jumladan turk sarkardalar ham dushman tomoniga o‘tdilar. 999-yil 23-oktabrda Nasr ibn Ali Buxoroga jangsiz kirib[2], Abdulmalikni somoniylar oilasining boshqa vakillari bilan birga O‘zganga surgun qiladi.

Keyingi yillarda Abdulmalikning ukasi Ismoil Muntasir somoniylar yerlarining bir qismini vaqtincha qaytarib olsa ham, amalda Somoniylar davlati tugatiladi[3].

  1. William Bayne Fisher, Richard Nelson Frye. The Cambridge History of Iran, Volume 4 (inglizcha). Cambridge University Press, 26-iyun 1975 — 159-bet. ISBN 0-521-20093-8. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil. 
  2. „Abd al-Malik II (Samanid emir)“. memim encyclopedia. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  3. „Abd al-Malik II of the Sāmānids“. geni.com. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.


Somoniylar sulolasi

Ahmad I (819 - 864)

Buxoro Amirlari
Nosir I (864 - 879)
Ismoil (879 - 888)
Nosir I (888 - 892)

Moveraunnahr hukmdorlari
Nosir I (875 - 888)
Ismoil (888 - 907)
Ahmad II (907 - 914)
Nosir II (914 - 943)
Nuh I (943 - 954/5)
Abdulmalik I (954/5 - 961/2)
Nosir III (961/2)
Mansur I (961/2 - 976/7)
Nuh II (976/7 - 997)
Mansur II (997 - 999)
Abdulmalik II (999)
Ismail II (999 - 1004/5)