buyurmoq
buyurmoq I
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bu-yur-moq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Istak-talabni baja-rishga koʻrsatma bermoq; buyruq bermoq, amr, farmon qilmoq.◆ Ish buyurmoq. Bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur. Maqol. ◆ Ishyoqmasga ish buyursang, Senga aql oʻrgatar. Maqol. n◆ Uning nozikligi, koʻhlikligi hurmati ayab, yengil-yelpi ishlarni buyurardi. S. Ahmad, Ufq.◆ Men hazrati oliylari buyurgan Madrasa' tarhini chizish bilan bandmen. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.◆ Hokim yasovulni chaqirib, yoʻlga hozirlanishni buyurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.◆ Oʻlimga buyurdingiz, bizning nima gunohimiz bor ekan? "Luqmoni Hakim".
- Buyuring yoki buyursinlar 1) buyrugʻin-gizni beravering, buyrugʻingizni bajarish-ga tayyorman (tayyormiz). Sizga ogʻir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchiman, usta! -Buyu-ringiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆ Bu ishlarni menga buyuring, bekam! Mirmuhsin, Meʼmor.◆ ..Juman pismiqqamurojaat qildi: -Buyuringiz, afandim! M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ; 2) marhamat qiling, marhamat. ◆ [Volkov:] Afandilar, stolga buyursinlar! N. Safarov, Tanlangan asarlar.
2 Biror narsani tayyorlab berish uchun murojaat qilmoq; buyurtma bermoq, buyur-tirmoq.◆ Palto buyurmoq. n Muhiddin to-leiga ofitsiant ham tez kela qoldi. Choy va ovqat buyurdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
- ◆ Kelin poshshaga mu.ua uzuk buyurdingizmi ? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆ Tuflini darhol gilamga qoʻyib, kiyib koʻrdi: -Oʻzimga buyur-tirshianday! H. Gʻulom, Toshkentliklar.
3 Topshirmoq, bermoq (qonun yoʻli bilan).◆ Nafaqa kerak boʻlsa, daromadimning yarmini oling, lekin bolani tinch qoʻying. Bermayman, ovora boʻlmang! -Nega? Bolani onaga buyuradi-ku! A. Qahhor, Qushchinor chiroqlari.
4 tib. Tavsiya qilmoq, yozib bermoq, (do-ri-darmon, parhez va shu kabilar haqida).◆ Parhez buyurmoq. m Faqir bu sabilga ogʻushtabiz, bavajh dafʼi savdoi tabib buyurgan. Hamza, Tanlangan asarlar.◆ Menmi? Menga nima rom kelishini oʻzim ham bilmayman. Lekin doktorlar konyak buyuradilar, mayli, konyak boʻlsin. Oybek, Tanlangan asarlar.
5 Biror ish, topshiriq bilan biror joyga yubormoq, joʻnatmoq.◆ Xushroʻy xizmat-chini oʻchoq boshi yumuiiariga buyurib, choyni oʻzi qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆ Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zay-nabdan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. ◆ Xizmat desa juda abjir boʻlaman, Nima buyursangiz, ishlab kelaman. "Murodxon".
6 Taqyair qilmoq; xohlamoq, istamoq. ◆ Tangrining buyurgani shu ekan. Lekin, Meʼmor, siz yaxshi odamsiz, dilimga yoqasiz. Mirmuhsin, Meʼmor.◆ -Oʻgʻlim, koʻngil buyurgan ishdan zaruri boʻlmaydi, — dedi rais Tosh-poʻlatovga. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
- Aybga buyurmoq q. ayb 2.◆ Aybga buyurmaysiz, oʻgʻlim meʼmorlikni oʻrgansin, otasidek sang-tarosh boʻlib qoshasin, dedim. Mirmuhsin, Meʼmor. Tashrif buyurmoq q. tashrif.◆ Bir haftadan keyin qiz Jamolzodaning usta-xonasiga tashrif buyurdi. "Yoshlik".
buyurmoq II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bu-yur-moq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Nasib boʻlmoq, nasib qilmoq.◆ Uyalgan buyurgandan quruq qolar. Maqol.◆ Yugurganniki emas, buyurganniki. Maqol. shsh◆ Qoʻsha qaringlar. Oʻgʻillaringga ham shunaqa sarpolar buyursin. T. Malik, Ajab dunyo.◆ Oʻsha kuni Matpanoga oʻz toʻyi buyurmadi. S. Siyoyev, Avaz.◆ Xoʻpam yarashdiki, qullugʻ boʻlsin, buyursin. "Guldasta".
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БУЮРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Feʼl
[tahrirlash]buyurmoq buyurmoq
- Turkcha: emretmek
Ruscha ru
buyurmok I
1 приказывать, предписывать, велеть; ◆ ishga buyurmoq велеть сделать (какое-л.) дело, поручить работу; bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur посл. см. bola; buyuring! приказывайте!; я к вашим услугам!;
2 назначать, прописывать; ◆ dori buyurmoq прописывать лекарство; ◆ vanna buyurmoq назначать ванны;
3 заказывать (что-л.); ◆ palto buyurmoq заказывать пальто; ◆ osh buyurmoq заказывать плов;
4 отправлять (кого-л. куда-л.); велеть (кому-л.) поехать (куда-л.); qayerga buyursangiz, tayyorman куда бы вы меня ни послали, я готов ехать.
buyurmoq II
доставаться, становиться уделом, выпадать на долю; yugurganniki emas, buyurganniki погов. достанется, не тому, кто хлопотал, а тому кому суждено.