[go: up one dir, main page]

Qatar, Qatar Davlati (دولة قطر, Davlatu Qatar) — Janubiy Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Qatar yarim orolda joylashgan. Maydoni 11,4 ming km². Aholisi 793,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Doʻha shahri

Qatar Davlati
arabcha: دولة قطر
Dawlat Qaṭar
Qatar bayrogʻi
Shiorالله الوطن الأمير
Alloh, Xalq, Amir
Madhiya: السلام الأميري
As-Salām al-ʾAmīrī
“Amirga tinchlik„
Location of Qatar
Poytaxt Doha
25°18′N 51°31′E
Rasmiy til(lar) arabcha
Boshqa tillar Inglizcha
Etnik guruhlar
(2019)
40% arab
36% Janubiy osiyoliklar
9% Misrliklar
14% boshqalar
Din
(2020)
65.5% Islom
15.1% Hinduizm
14.2% Xristianlik
3.3% Buddizm
1.9% boshqalar
Etnoxoronim(lar) Qatarliklar
Hukumat Unitar avtoritar parlamentar yarim konstitutsiyaviy monarxiya
• Amir
Tamim ibn Hamad al Tani
Mohammed bin Abdulrahman bin Jassim Al Thani
Mustaqillik (Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniyadandan)
• Qatar milliy kuni
1878-yil 18-dekabr
• Mustaqillik deklaratsiyasi
1971-yil 1-sentyabr
• Birlashgan Qirollikdan mustaqillik
1971-yil 3-sentyabr
Maydon
• Butun
11,581 km2 (158-oʻrin)
• Suv (%)
0,8
Aholi
• 2020-yilgi roʻyxat
2,795,484[1] (139-oʻrin)
• Zichlik 455/km2
YIM (XQT) 2020-yil roʻyxati
• Butun
Decrease$357.338 milliard[2] (51-oʻrin)
• Jon boshiga
Decrease$138,910[2]
Pul birligi Qatar reali (QAR)
Vaqt mintaqasi UTC+3
Internet domeni .qa

Davlat tuzumi

tahrir

Qatar — mutlaq monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2003-yil apreldagi referendumda maʼqullangan va 2005-yildan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — amir (1995-yildan shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy); u qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

tahrir

Sohil qismi past, marjon riflari bilan oʻralgan. Yer yuzasi choʻl landshaftli tekislikdan iborat (eng baland joyi 56 m), voha kam, ayrim joylari botqoqlashgan tekislik. Neft va tabiiy gaz konlari bor.

Iqlimi tropik, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 32°, eng yuqori temperatura 45".-yillik yogʻin 125 mm chamasida. Qatarda muntazam oqib turadigan daryolar yoʻQatar Choʻl oʻsimliklari oʻsadi.

Aholisi, asosan, mahaliy arablar; qolganlari boshqa arab mamlakatlari, Eron, Pokiston, Hindiston hamda Afrikadan kelganlar. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini islom. Shahar aholisi 91 %. Asosiy shaharlari: Doʻha, UmmSaid, Doʻhan.

Tarixi

tahrir

Qatar yarim orolda aholi miloddan avvalgi 3—2-ming-yillikdan yashab kelgan. Qatarni bir necha marta Sosoniylar egallagan. 7—10-asrlarda Arab xalifaligi tarkibida boʻlgan. 10-asrdan Qarmatlar davlatiga kirdi. 13^14-asrlarda Bahrayn amirligi hukmronligi ostida boʻldi. 16-asr boshlarida portugallar, keyinroq usmonli turklar bosib oldi. 18-asrning 2-yarmida Qatar hududida Soniy sulolasi boshchiligidagi kichik sultonlik tashkil etildi. Bu sulola 19-asrning oxirida Qatarni birlashtirdi. 1871 — 1914-yillarda Qatar yana Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻldi. 1916—71-yillarda Buyuk Britaniya protektorati. 1971-yil 1-sentyabrda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Qatar — 1971-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3-sentyabr — Mustaqillik kuni (1971). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan va 1997-yil 27-noyabrdan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Qatarda siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻQatar

Xoʻjaligi

tahrir

Qatar iqtisodiyotining asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash; asosiy neft konlari Doʻhan rayonida joylashgan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 1 %, sanoatniki 49 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 50 % ni tashkil etadi.

Sanoatida neftdan tashqari, tabiiy gaz ham qazib chiqariladi. Shuningdek, oʻgʻit, neft kimyosi sanoati mahsulotlari, sement ishlab chiqariladi, gaz suyultiriladi. UmmSaid shahrida metallurgiya zavodi ishlaydi. Avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari, alkogolsiz ichimliklar zavodlari bor.-yiliga oʻrtacha 5,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi sust rivojlangan. U ichki ehtiyojning 10 % ni qondiradi. Vohalarda xurmo (finik palmasi) oʻstiriladi; bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, sabzavotlar ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqiladi) mavjud. Sohilga yaqin suvlardan baliq, krevetka ovlanadi, marvarid olinadi.

Qatarda temir yoʻl yoʻQatar Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,2 ming km (90 % qattiq qoplamali). Gaz va neft quvurlari uz. 550 km dan ziyod. Dengiz savdo flotining tonnaji — 636 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Doʻha va UmmSaid. Qatar chetga neft va neft mahsulotlari, oʻgʻit, sement, suyultirilgan gaz, dengiz mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziqovqat, sanoat jihozlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Qatar riali. Tibbiy xizmati, maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Aholi uchun tibbiy xizmat bepul. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. Oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Oʻrta umumiy taʼlim va hunartexnika oʻquv yurtlari, universitet bor. Milliy muzey, akvarium, etn. muzeyi, milliy kutubxona faoliyat yuritadi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Qatarda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „al-Arab“ („Arabcha“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1957-yildan), „Asuak alXolij“ („Koʻrfaz bozorlari“, arab tilidagi oylik jurnal, 1980-yildan), „alVatan“ („Vatan“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1995-yildan), „Galf tayms“ („Koʻrfaz vaqti“, ingliz tilidagi kundalik va haftalik gazeta, 1978-yildan), „ar-Rayya“ („Bayroq“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1978-yildan), „ashSharq“ („Sharq“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1985-yildan). Qatar axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, 1975-yil tuzilgan. „Katar brodkasting servis“ hukumat xizmati 1968-yil, „Katar televiji servis“ telekoʻrsatuv xizmati 1970-yil tashkil etilgan. Qatarda „alJazira“ mustaqil arab yoʻldosh telekanali (1996-yil asos solingan) qarorgohi joylashgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Population structure“. Ministry of Development Planning and Statistics (31-yanvar 2020-yil).
  2. 2,0 2,1 „World Economic Outlook Database, April 2018 – Report for Selected Countries and Subjects“. International Monetary Fund (IMF) (2018-yil aprel). 4-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir