[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Uchuvchisiz uchish apparati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AQSh Harbiy Dengiz Kuchlariga tegishli uchuvchisiz uchar qurulmalari. Maryland, AQSh, 2005.
MQ-1 Predator — koʻpmaqsadli amerika UUQ. „AGM-114 Hellfire“ raketalari oʻrnatilgan

Uchuvchisiz uchar qurulma:Uchiq(UUQ; shuningdek, soʻzlashuvda „dron“[1], от inglizcha: drone — truten) — bortida uchuvchi odam boʻlmagan uchish qurulmasidir. Bunday qurulmalar avtomatik yoki uzoqdan boshqariladi. UUQ josuslik yoki jangovar amaliyotlar olib borishi mumkin. Noharbiy vazifalarni ham bajaradi, masalan oʻt oʻchirish, geologik qidiruv va hokazo.

Konstruktsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

UUAQda uchuvchining yoʻqligi uchuvchili uchoqqa xos boʻlgan bir qator cheklovlarni olib tashlaydi, bu ularning dizayniga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin:

  • UUQ istalgancha kichik oʻlchamlarda yasalishi mumkin, uchuvchi bilan boshqariladigan qurulmalarni esa inson massasidan yengilroq yengil qilib yasab boʻlmaydi.
  • UUQda manevralarni bajarishda ortiqcha yuklanish boʻyicha fiziologik cheklovlar mavjud emas, bu ham dizaynga taʼsir qilishi mumkin.
  • UUQ uchun ishonchlilik talablari kamayishi mumkin, chunki bu inson hayotiga bevosita tahdid solmaydi.
  • Uchoqlarning uchish vaqti uchuvchi hayotni qoʻllab-quvvatlash tizimlarining manbai bilan chegaralanmaydi.

Oʻzbekistonda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil yanvarda Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tasarrufida Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilib, unda xalqaro texnik talab va standartlarga toʻliq javob beradigan “LOCHIN” nomli uchuvchisiz uchar qurulmalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Taʼkidlash oʻrinliki, ikki hil maqsadda foydalanishga moʻljallangan mazkur milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor Oʻzbekistonda oʻzlashtirildi va yoʻlga qoʻyildi. Markaz uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ishlab chiqarish, yigʻish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur yigʻuv jamlanmalari, texnologik va maxsus uskunalar, tekshirish (test laboratoriya) moslamalari kabi texnologik jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan.[2]

Amerika Qoʻshma Shtatlarning „AeroVironment“ kompaniyasi Oʻzbekistonga 2019-yilda toʻrtta „RQ-11 Ravenmini PUA“ uchuvchisiz uchar qurulmani yetkazib bergan.[3]

Shuningdek, ushbu kompaniya AQShning tashqi harbiy sotuvi (inglizcha: Forighn Military Sale) dasturi doirasida „Puma 3 AE“ kichik uchuvchisiz uchar qurulmalarini Oʻzbekistonga yetkazib beradi. AQSh armiyasining shartnomalar boʻyicha qoʻmondonligidan 8,54 million dollarlik kelishuv boʻyicha uchuvchisiz uchar qurulmalari 2022-yil 30-noyabrgacha yetkaziladi. 

AQSh Mudofaa vazirligi shartnoma boʻyicha qancha „Puma 3 AE“ droni taqdim etilishini oshkor qilmagan boʻlsa-da, „Shephard Defence Insight“ bunday uchqichning bittasini taxminan 225 000 dollarga baholadi. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekistonga 38 ga yaqin uchuvchisiz uchar qurulmalari keltiriladi, deganidir.[4]  P

  1. „Что такое дрон?“. dronomania.ru.
  2. https://telegra.ph/Mudofaa-sanoati-davlat-qomitasi-tasarrufida-Uchuvchisiz-aviatsiya-majmualarini-ilmiy-ishlab-chiqarish-markazi-tashkil-etildi-01-15
  3. https://kun.uz/uz/news/2022/02/10/aerovironment-ozbekistonga-puma-3-ae-harbiy-dronlarini-yetkazib-beradi
  4. https://www.shephardmedia.com/news/uv-online/aerovironment-to-provide-uzbeks-with-puma-3-ae/