[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Uagadugu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

UagaduguBurkina-Faso poytaxti. Qora va Oq Volta daryolari oraligʻidagi platoda, 300 m balandlikda joylashgan. Iqlimi subekvatorial, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24,4°, iyulniki 31,5°. Oʻrtacha yillik yogʻin 880 mm. Aholisi 709,7 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Paxta tozalash, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari, poyabzal fabrikasi, shina va sement zavodlari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Tayyor qismlardan velosiped va mototsikllar yigʻiladi. Gilam toʻqiladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Universitet (1969), ilmiy tadqiqot markazi, tropik oʻrmon texnik markazi va boshqa bor. U.ga 15-asrda asos solingan. 19-asr oxirigacha moyey xalqi davlatlaridan birining poytaxti. 1919—32 va 1947— 60 yillarda Fransiyaga qarashli Yuqori Voltaning maʼmuriy markazi. 1960-yildan mustaqil Burkina-Faso Respublikasi poytaxti.