[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Njamena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NjamenaChad poytaxti. Shari daryosining oʻng sohilida, unga Logone daryosi quyilishida joylashgan. ShariBagirmi prefekturasining maʼmuriy markazi. Iqlimi ekvatorial, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24°, iyulniki 27,7°. Yiliga 648 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 530,1 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1900-yilda Fransiyaning Markaziy Afrikadagi hududlarining maʼmuriy markazi sifatida asos solingan va komandir Lami nomi bilan 1973-yilgacha Fortlami deb atalgan. 1920—58 yillarda Fransiyaning Chad mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1958-yildan Chad muxtor Respublikasi, 1960-yildan mustaqil Chad davlati poytaxti. N.da prezident qarorgohi, Milliy majlis, hukumat muassasalari va boshqa joylashgan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va madaniy markazi. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Paxta, chorva bilan savdo qilinadi. Universitet, milliy muzey bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Katta masjid, sobor va boshqa saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil