Tor (musiqa)
Qiyofa
Tor — baʼzi musiqa cholgʻu asboblari (tanbur, gʻijjak, chang, skripka, royal va boshqalar)da tovush manbai sifatida ishlatiladigan tarang tortilgan ip, sim va hokazo Tor qanchalik qisqa, ingichka va materiali pishiq (zich) boʻlsa, uning tebranish tezligi (tovush yoʻgʻoningichkaligi) shuncha yuqori boʻladi. Hozirgi musiqa cholgʻularida metall (poʻlat), baʼzan ipak, shoyi va sintetik tola (kapron, neylon)dan qilingan torlar qoʻllanadi. Koʻpincha past (yoʻgʻon) tovushqator hosil qilish uchun qoʻllanadigan torlarning ustidan bir yoki ikki qavat sim oʻraladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |