[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Relyef (haykaltaroshlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Relyef, boʻrtma tasvir —haykaltaroshlikning bir turi. Tasvir, shakl tekis zamin (fon)dan boʻrttirib yoki oʻyib (chuqurlashtirib) hosil qilinadi. Kompozitsiya tabiiy asosdan ajralmasdan tekis sathsa yaratiladi; Relyef meʼmorlik boʻlaklari bezagi, haykaltaroshlik asari va boshqa kompozitsiya tarkibiga kirishi yoki mustaqil dastgoh asari boʻlishi mumkin. Asosiy turi — barelyef va gorelyef. Oʻyma relyefda nursoya jilvasida tasvir koʻzga tashlanadi, imkoniyati cheklangan. Relyef tasviriy sanʼatda qadimdan mavjud: binolarni bezashda, medal yasash svsh/yamda, metallga zarb berib bezak buyumlari ishlash va boshqalarda keng qoʻllanadi. Qad. Misr meʼmorligida qoʻllangan. Burtma relyef paleolit davridan maʼlum. Kda. Misr, Ossuriya, Hindiston, Xitayda, shuningdek, Oʻzbekiston hududiv keng tarqalgan; antik sanʼat, Uygonishdavri va keyingi davrlarda ayniqsa rivojlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil