[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Rondoniya

Koordinatalari: 8°43′0″S 63°53′0″W / 8.71667°S 63.88333°W / -8.71667; -63.88333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rondoniya
portugalcha: Rondônia

Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Portu-Velyu
Aholi (2010) 1 562 409 kishi
Zichligi 6,58 kishi./km²
Maydoni 237 590,9 km² (13-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-4
Kod ISO 3166-2 BR-RO
Rasmiy sayti http://www.rondonia.ro.gov.br
Xaritada
Rondoniya xaritada
Rondoniya, Xarita
8°43′0″S 63°53′0″W / 8.71667°S 63.88333°W / -8.71667; -63.88333

Rondoniya — Braziliyaning shimolidagi federal hudud, Madeyra daryosi havzasida. Maydoni 238,5 ming km². Axrlisi 1,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — PortuVelyu sh. R.ning katta qismi Braziliya yassitogʻligining shim.gʻarbiy qismi, shim. Amazonka pasttekisligidan iborat. Iklimi ekvatorial, issiq va nam iklim. Oʻrtacha oylik tralar 23—24°, yillik yogʻin 2000–2500 mm. Ekvatorial oʻrmonlar, savannalar bor. Iqtisodiyotining asosini oʻrmon xoʻjaligi tashkil qiladi: kauchuk, braziliya yongʻogʻi yigʻiladi, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi, ovchilik bilan shugʻullaniladi. Togʻ etaklarida dehqonchilik qilinadi. Sanoati oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Oltin, kassiterit qazib olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil