Paradigma
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Paradigma (grekcha — „namuna, andoza“) — ilmiy yutuqlar majmui. Paradigma u yoki bu davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan va yangi ilmiy tadqiqot uchun namuna asos boʻlib xizmat qilishi zarur. Mazkur tushunchani ilmiy muomalaga keng yoyilishida amerikalik tarixchi Tomas Kunning „Ilmiy inqiloblar strukturasi“ asari asosiy oʻrinni egallaydi. Tomas Kunning fikricha, paradigma ilmiy jamoatchilik birligini taʼminlaydi. Ilmiy namunani, universal qonunlarni konkret hodisalarga tadbiq etish asosida fan rivojlanadi. Umuman olganda, paradigmani ilmiy tan olingan va qaysidir davrda ilmiy tadqiqot uchun yoʻnaltirilgan bir yoki bir nechta fundamental yigʻindisi, deb taʼriflash mumkin. Shu boisdan ham ilmiy paradigma vositasida ilmiy muammolar oʻrtaga tashlanadi va uni yechish modeli namoyon boʻladi. Geosiyosiy paradigma esa tan olingan geosiyosiy nazariyalar orqali dunyoning geosiyosiy manzarasini ilmiy jihatdan aniqlash modelidir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Suhrob Boʻronov. Oʻzbekiston geosiyosati (oʻquv qoʻllanma). Toshkent: «EFFECT-D», 2021 — 220-bet.