[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Pop-art

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pop-art (ing. pop art — ommabop sanʼat) — zamonaviy tasviriy sanʼatda avangard yoʻnalish; abstrakt sanʼat taʼsirida yuzaga kelgan, dadaizm (ayniqsa, M. Dyushan ijodi) va syurrealizm bilan aloqada boʻlgan. 1950-yillarning 2yarmida eng avvalo AQSH (R.Ra-ushenberg, K. Oddenberg, J.Rozenkvist va boshqalar) va Buyuk Britaniya (P. Bleyk, R. Gamilton va boshqalar)da paydo boʻlgan, soʻngra Fransiya (N. de Sen-Fal va boshqalar), Germaniya (P. Vunderlik va boshqalar) kabi Gʻar-biy Yevropa mamlakatlarida tarqalgan. Abstrakt sanʼatning borliqdan, real hayotdan ajralib borishiga qarshi hara-kat koʻrinishida shakllangan. P.-a. vakillari real borliqqa qaytish, keng koʻlamda ishlab chiqarilayotgan buyumlarning estetik qiymatini ommaviy yoʻllar (reklama, foto, reproduksiya, komiks va hokazo) vositasida yoritishni asosiy maqsad qilib oldi. Shahar hayotida keng ishlatiladigan buyumlar (uy-roʻzgʻor anjomlari, oʻrov qutichalari, mashina boʻlaklari va hokazo)ni xuddi oʻziga oʻxshatib ishlab, ularning oʻzidan (koʻpincha kollaj va boshqa usullar yordamida) kompozitsiyalar tuzadi. P.-a.da tanlangan buyumlar tasodifiy, bir-biri bilan bogʻliq boʻlmagan holda birlashtirilishi mumkin. Muhimi bir-biri bilan moye tushmaydigan buyumlarni birlashtirish orqali tomoshabin fikri va tasavvuriga zid hissiyotlarni uygʻotishdan iborat. Masalan, rassom romkaga tortilgan toza matoga uning diagonali boʻyicha rangli sharifni bogʻlashi yoki unga dastroʻmol qoʻyib koʻrgazmada namoyish etishi mumkin. P.-a. texnika imkoniyatlaridan keng foydalanadi, fotosurat, slaydadan polotno (yuza)ga tushirilgan tasvir konturlarini yorqin boʻyoqlarda ishlaydi, sanoatda ishlab chiqarilayotgan yorqin rangli buyumlarni oʻz asarlarida koʻrsatadi, ulardan kompozitsiyalar tuzadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil