[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Sumi

Koordinatalari: 50°54′24″N 34°47′57″E / 50.90667°N 34.79917°E / 50.90667; 34.79917
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sumi

ukraincha: Суми
Sumi
Bayroq
Sumi
Gerb
50°54′24″N 34°47′57″E / 50.90667°N 34.79917°E / 50.90667; 34.79917
Mamlakat Ukraina
{{{mintaqa_turi}}} Sumi viloyati
Hukumat
 • Hokim Oleksandr Lysenko
Asos solingan 1652
Ilk eslatilishi 1780
Maydon 95.38 km2 (36.83 kv mi)
Aholisi
 (2022)
256 474
Telefon kodi +380 542
Pochta indeks(lar)i 40000-40035
Sumi xaritada
Sumi
Sumi

Sumi yoki Sumy (ukraincha: Суми) — Ukrainadagi shahar, Sumi viloyati markazi. Psyol daryosi boʻyida. Xarkov — Vorojba yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 270 ming kishi (2013). Sumiga 1652—1655-yilda asos solingan. 1658—1765-yillarda Sumi slobodasining markazi. Sumi 1765-yildan Sumi provinsiyasining markazi. 1780-yildan Xarkov noibligining uyezd shahri. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shaharda metallsozlik, mashinasozlik, shakarkand korxonalari qurildi. 1939-yilda Sumi viloyati markazi.

Sumi — Ukrainaning muhim sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik („Nasosenergomash“ ishlab chiqarish. birlashmasi, ogʻir kompressor, choʻyan quyish, elektron mikroskoplar, „Sumselmash“ zavodlari), kimyo (fosfat oʻgʻitlar, kislota ishlab chikariladi), oziqovqat (shakarqand, likyoraraq, sut zavodlari, goʻsht kombinati), yengil (movut, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari) sanoatlari. Qurilish kombinati, mebel zavodi bor.

Sumida pedagogika instituti, Harkov politexnika institutining filiali, oʻrta maxsus bilim yurtlari, teatrlar, oʻlkashunoslik, badiiydekorativ sanʼat muzeylari, filarmoniya mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Voskreseniye (1703), Ilinskaya (1836) cherkovlari, SpasPreobrajeniye sobori (1776) saqlangan.