[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Sergio Ramos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Serxio Ramos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergio Ramos García
Tavallud sanasi 30-mart 1986-yil (1986-03-30) (38 yosh)
Tavallud joyi Kamas, Sevilya
Boʻyi 184 cm (6 ft 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Laqabi Tarzan, Boʻri, Kamaslik Fir'avn
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jamoasiz
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1996 Camas
1996—2002 Atletiko Sevilya
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2004 Sevilla Atlético 26 (2)
2004—2005 Sevilla 39 (2)
2005—2021 Real Madrid 469 (72)
2021—2023 Paris Saint-Germain 45 (4)
2023—2024 Sevilla 28 (3)
Milliy terma jamoa
2005—2023 Ispaniya 180 (23)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Serxio Ramos Garsia (ispancha: Sergio Ramos García; Kamas, Sevilya, Ispaniya) – ispaniyalik futbolchi, Sevilla FC jamoasi va Ispaniya milliy terma jamoasi himoyachisi.

Serxio 14 yoshida Sevilya jamoasining koʻrigidan oʻtdi va oʻshanda oʻzini yaxshi koʻrsatdi. Tez orada u klubning yoshlar jamoasida oʻynashni boshladi.

2002/03 mavsumda Ispaniya chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan Sevilyaning rezerv jamoasida bitta oʻyin oʻtkazdi. 2003/04 mavsumda Ramos zahira jamoasida 25 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan holda jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi.

2004-yilning boshida oʻsha vaqtdagi Sevilyaning murabbiyi Xoakin Kaparros Ramosni asosiy jamoaning tarkibiga qoʻshdi. 2004-yil 1 fevralda Ramos Primeradada Deportivo jamoasiga qarshi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha yilning yozida Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan 19 yoshdan katta boʻlmaganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining gʻolibi boʻldi.
2004/05 mavsumda Serxio Primerada 31 ta oʻyin oʻtkazdi va 2 ta golning muallifiga aylandi. Shuningdek, UEFA kubogi oʻyinlarida ham oʻynadi. Mavsum oxiriga kelib, Serxio chempionatning kashfiyoti sifatida tan olindi.

2005-yil 26 martda Ramos Ispaniya terma jamoasining Xitoy terma jamoasi bilan kechgan uchrashuvida terma jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. U 18 yoshda edi va Ispaniya terma jamoasida oʻynagan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Biroz muddatdan soʻng, 2006 yilgi Jahon chempionati saralash bahsidagi Serbiya va Chernogoriya bilan boʻlgan oʻyinga asosiy tarkibga kiritildi. Oʻsha vaqtdan buyon u Luis Aragones jamoasining asosiy himoyachisiga aylandi.

2005-yilning yozida madridning „Real“ jamoasi 27 million yevroga Ramosni xarid qildi. Barselona va Manchester Yunitedlar ham uni oʻz tarkibida koʻrish istagida edi.

JCh-2006 oʻtganiga sal kam bir yildan boʻlganidan soʻng, Serxio „Real“ tarkibida faoliyatidagi birinchi katta titul, Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritdi.

Yevro-2008ning saralash bahslarida 12 oʻyindan 11 tasida ishtirok etdi va 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Mazkur turnirning gʻolibiga aylanib, Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni unvoniga sazovor boʻldi.

2010-yilgi Jahon chempionatida ham jamoasining har bir oʻyiniga tushib, jamoadoshlariga yordam berdi. Finalda Gollandiya bilan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, Ispaniya tarixida birinchi bora Jahon chempioni nomiga sazovor boʻldi. Serxio esa musobaqaning ramziy terma jamoasiga kiritildi.

2011-yil 17-mayida „Real“ bilan shartnomasini 2017-yilgacha, yiliga 4.5 million yevro maosh bilan uzaytirdi[1].

2012-yil 7 yanvarida Ramos oʻzining Ispaniya chempionatidagi 250-nchi uchrashuvini oʻtkazdi[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serxio Ramosning qalligʻi Telecino telekanalining reportyori Lara Alvarez hisoblanadi[3].

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ramos har xil pozitsiyalarda yaxshi oʻynay oladi. Real murabbiylari ham uni bu xususiyatidan koʻplab foydalanashiadi. Masalan, baʼzi oʻyinlarda u tayanch yarim himoyachi vazifasini bajargan. Soʻnggi vaqtlarda Ramos markaziy himoyada oʻynayapti.

Jamoadagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011 yil 4 iyulga nisbatan

Jamoa Mavsum Chempionat Kuboklar Yevrokuboklar Jami
G P G P G P G P
Sevilya 2003-04 7 0 0 0 0 0 0 0 0 7 0 0
2004-05 31 2 0 5 0 0 5 1 0 41 3 0
2005-06 1 0 0 0 0 0 0 0 0 1 0 0
Jami 39 2 0 5 0 0 5 1 0 49 3 0
Real Madrid 2005-06 33 4 0 6 1 0 7 1 0 46 6 0
2006-07 33 5 2 3 0 0 6 1 0 42 6 2
2007-08 33 5 4 5 1 0 7 0 1 45 6 5
2008-09 32 4 3 2 1 0 8 1 0 42 6 3
2009-10 33 4 5 0 0 0 7 0 0 40 4 5
2010-11 31 3 2 7 1 1 8 0 0 46 4 2
2011-12 25 3 4 6 0 1 7 1 1 38 4 6
Jami 220 2 0 5 0 0 5 1 0 49 3 0
Faoliyatidagi jami 260 30 19 34 4 2 55 5 1 349 39 23

Erishgan natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • La Liganing yil kashfiyoti : 2005
  • Yevropa sport jurnallari ramziy jamoasi: 2007/08, 2011/12
  • FIFA World XI: 2008, 2011, 2012
  • UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2008
  • FIFA Jahon Chempionati 2010: Castrol Index gʻolibi[4]
  • FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2010
  • UEFA Yevro 2012: Castrol EDGE Index gʻolibi[5]
  • UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012