[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Lyublin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lyublin

LyublinPolshaning sharqiy qismidagi shahar, Lyublin voyevodasining maʼmuriy markazi. Aholisi 356,2 ming kishi (1999). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Tikuvchilik buyumlari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. L.da bir necha oliy oʻquv yurtlari, universitet, muzeylar, teatrlar bor.

L. qoʻlyozmalarda 10-asrdan tilga olingan. Shaharda 1569-yilda Lyublin uniyasi imzolangan. 1807—15 yillarda Varshava gersogligi, 1815-yildan Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan. 1918-yildan Polsha tarkibiga oʻtgan. 1939-yilda nemis fashistlari bosib olgan. Shahar yaqinida Maydanek konslageri tashkil etilgan. 1944-yilda nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945-yil 17-yanvarda Varshava ozod qilingunga qadar Polshaning muvaqqat poytaxti boʻlib turgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan qasr (13— 16-asrlar), ratusha (14-asr), kostyollar, Lyubomir saroyi (hozirgi universitet), teatr binosi va boshqa saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil