[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ovoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ovoz — 1) ovoz aʼzolari yordamida chiqariladigan, balandligi, kuchi va tembri har xil boʻlgan tovush (odam va oʻpkadan nafas oluvchi hayvonlarda). Ovoz hiqildoqda hosil boʻladi: oʻpkadan chiqayotgan havo oqimi, bir-biriga tegib turgan Ovoz boylamlari oraligʻidan oʻtib uni tebratadi, natijada nozikkina Ovoz hosil boʻladi, soʻngra buni yuqori rezonatorlar (ogʻiz boʻshligʻi, halqum, burun va yondosh boʻshliqlari) kuchay-tirib berib, Ovoz oʻziga xos ohang (tembr) oladi. Oʻpkadan chiqayotgan havo oqimining kuchiga, jips turgan Ovoz boylamlarining koʻrsatayotgan qarshiligi va ularning tebranish amplitudasiga qarab, Ovoz kuchli yoki kuchsiz, shuningdek, tebranishining uzunligi va chas-totasiga qarab baland yoki past boʻlishi mumkin. Ovoz paydo boʻlishida ishtirok etadigan aʼzolarning hammasi sogʻlom boʻlsa, Ovoz yengil va bemalol eshitiladi. Turli kasalliklar, xususan, hiqildoq, bu-runhalqum yoki burun kasalliklarida Ovoz oʻzgaradi, baʼzan manqacha boʻlib qoladi. Yurak, bronxlar, markaziy nerv sistemasi kasalliklari va yuqumli kasalliklarda ham Ovoz oʻzgarishi mumkin. Ovoz koʻpincha, sovqotish, angina, yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanishi, laringit, traxeit va bronxitdan ke-yin oʻzgaradi. Hadeb baqirib gapira-verish ham Ovoz buzilishiga sabab boʻladi. Chekish va ichkilikka ruju qilish, shuningdek, tish yoʻqligi yoki yasama tishning notoʻgʻri koʻyilganligi va boshqa ham Ovoz "sifati"ga taʼsir etadi. Odatda, yoshlarda oʻtish davrida boʻladigan ovoz oʻzgarishida alohida ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Ovozni asrashda eng muhimi organizmni chiniqtirishdir. Ovoz oʻzgarganda, albatta, mutaxassis vrachga murojaat etish lozim;

2) musiqada — odamning aniq balandlik va uzoq sadolanishga ega tovushi (qarang Xonanda ovozi); koʻp ovozli musiqa asarining muayyan kuy yoʻli; partituradan alohida koʻchirib yoziladigan xor yoki orkestr guruqi ijro yoʻli.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil