[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ofikleid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ofikleid (fransuzcha: ophicléide, grekcha: ὄφις „ilon“ va grekcha: κλείς „zulfin, kalit“) — klappenhornlar (klapanli bygelhornlar[1]) oilasiga mansub mis puflama cholgʻu asbobi, tashqi tomondan fagotga oʻxshaydi[2]. Hozir taomildan chiqqan[3].

Uni 1814-yilda parijlik J. I. Aste (Jan Hilaire Aste) patentlagan. Bu uchi tor spiralsimon qayrilgan, taqa shaklidagi konussimon trubka boʻlib, uchida chashkasimon mushtugi bor.

Uchta tizimda ishlab chiqarilgan: bas, alto (har biri 3 oktava) va kontrabas (2,5 oktava)[4][3]. Eng mashhur bas ofikleid edi, ammo XIX asrning oʻrtalarida u tuba bilan almashdi; hozir baʼzi Yevropa mamlakatlari (Fransiya, Italiya) va Janubiy Amerika mamlakatlari orkestrlarida, asosan, harbiy puflama orkestrlarda goh-goh ishlatiladi.

  1. Kratkiy muzikalniy slovar[sayt ishlamaydi]
  2. Muzikalniy slovar[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 Muzikalniy slovar[sayt ishlamaydi]
  4. Ofikleid — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..
  • „Офиклеид“, Музыкальная энциклопедия. М.: Советская энциклопедия, 1978 — 136-bet.