Jeonbuk milliy universiteti
Qiyofa
koreyscha: 전북대학교 | |
Shiori | Ozodlik,adolat,ijodkorlik |
---|---|
Turi | davlat |
Asos solingan sanasi | 1947 |
Rektori | Dae-Kyung Kim |
Fakultetlar | 1,030 ta |
Talabalari | 22,000 |
Manzili |
Jeonju,Shimoliy Jeolla provinsiyasi, Janubiy Koreya |
Veb-sayti | jbnu.ac.kr/eng |
Jeonbuk milliy universiteti (JBNU) – Janubiy Koreyaning Jeonju shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidir. Universitet 1947-yilda tashkil etilgan. Jeonbuk milliy universiteti 2023-yilgi QS jahon universitetlari reytingida 551-560 oʻrinlarni egalladi[1]. JBNU 14 ta bakalavriat va 16 ta magistratura (1 ta umumiy,9 ta ixtisoslashgan va 4 ta kasbiy yoʻnalish) kollejlarini oʻz ichiga oladi. Universitetning Jeonju kampusida 32 000 ga yaqin talaba va 2 000 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. JBNU xalqaro taʼlim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi, hozirda 500 dan ortiq xalqaro talabalar universitetning magistratura bosqichida tahsil olishadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Chonbuk National University“ (en). Top Universities (2015-yil 16-iyul). Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ https://www.jbnu.ac.kr/eng/?menuID=316