Incheon milliy universiteti
인천대학교 (仁川大學校) | |
Turi | davlat |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1979 |
Rektori | Park Jongtae |
Fakultetlar | 495 (2020) |
Bakalavriat | 11,776 (2020) |
Magistratura | 1,434 (2020) |
Manzili |
Yeonsu-gu,Incheon,Janubiy Koreya |
Veb-sayti | inu.ac.kr/mbshome/mbs/inueng/index.do |
Incheon Milliy Universiteti (INU) — ilgari Incheon Universiteti (UI) nomi bilan ham tanilgan davlat universitetdir. INU dunyodagi eng innovatsion universitetlardan biri sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, dunyoda 18-oʻrinni egallagan va Janubiy Koreya WURI-2023 reytingida Seul Milliy Universitetidan keyin 2-oʻrinni egallagan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]INU birinchi marta 1979-yil yanvar oyida Sunin akademiyasining bir qismi sifatida Incheon texnik kolleji nomi bilan xususiy kollej sifatida tashkil etilgan. 1979 -il dekabr oyida nomi Incheon kollejiga oʻzgartirildi. 1994-yilda shahar kengashi tomonida moliyalashtiriladigan universitetga aylandi. INU 2009-yilda Songdodagi yangi joyga koʻchirildi. 2009- yil fevral oyida Incheon koreys tilini oʻrganish instituti ochildi. Shuningdek, 2009-yil iyul oyida Sondgo kampusi (Asosiy kampus) qurilishi yakunlandi. 2010-yilda universitet Incheon City kolleji bilan birlashtirildi. Natijada koʻplab yangi boʻlimlar ochilib, talabalar qabul qilish kvotasi koʻpaydi. 2013-yil fevral oyida universitet nomi Incheon milliy universiteti deb oʻzgartirildi. Universitet tarixi davomida hukumat erkinligiga, ichki va tashqi siyosiy bosim taʼsiriga qarshilik koʻrsatgan,Janubiy Koreyadagi yirik taʼlim muassasalarini demokratlashtirishning timsoli sifatida qaraladi.[1].
Reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022 yilgi JoongAng Ilbo universiteti reytingida Koreyadagi 4-milliy universitet [2].
2022 yilgi JoongAng Ilbo universiteti reytingida startap yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 3-oʻrin [3].
Dunyodagi eng innovatsion universitetlar orasida 18-oʻrin[4]. 2023-yilgi WURI reytingida Janubiy Koreyada 2-oʻrinda[5].
Xalqaro aloqalar boshqarmasi va koreys tili instituti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro aloqalar boshqarmasi talabalar almashinuvi dasturi, qisqa muddatli til oʻqitish dasturlari orqali butun dunyo universitetlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyib, universitetni jahon miqiyosida tanitish imkoniyatini beradi. Koreys tili dasturi chet elliklar va xorijdagi koreys talabalarga koreys tilini oʻrgatish maqsadida tashkil etilgan. Incheon koreys tilini oʻrganish instituti nutq, tinglash, oʻqish va yozish kabi til qobiliyatlariga eʼtibor qaratadi va koreys tili bilan birgalikda koreys tarixi, madaniyatini oʻrganish imkonini beradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "민주화과정에 대한 비판적 성찰 ; 1980년대 민주화운동에서의 학원민주화 쟁취 사례 연구 -인천대 학생운동의 시각에서 본 선인학원 시,공립화 과정". 기억과 전망 28: 12–68. 2013. https://kiss.kstudy.com/thesis/thesis-view.asp?key=3155505.
- ↑ „2022 중앙일보 대학평가“ (2022-yil 14-noyabr).
- ↑ „인천대 학생당 창업 최다…서강대, 졸업생 취업비결 제공[2022 대학평가“] (2022-yil 14-noyabr).
- ↑ „Global Top 100 Innovative Universities“.
- ↑ „Global Top 100 Innovative Universities“.