[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Hazratbal ziyoratgohi

Koordinatalari: 34°7′45″N 74°50′32″E / 34.12917°N 74.84222°E / 34.12917; 74.84222
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hazratbal ziyoratgohi
درگاہ حَضْرَت بل

Hazratbal ziyoratgohining 2019-yildagi holati
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Hindiston
Koordinatalar 34°7′45″N 74°50′32″E / 34.12917°N 74.84222°E / 34.12917; 74.84222
Vebsayt
wakf.gov.in/jammukashmir/
Hazratbal ziyoratgohi

Hazratbal ziyoratgohi (Kashmiri) yoki Dargoh Sharif („Muqaddas ziyoratgoh“) deb nomlanuvchi musulmonlar ziyoratgohi Hindistonning Jammu va Kashmirdagi Srinagar shahrida joylashgan Hazratbal tumanida bunyod etilgan. Unda islom paygʻambari Muhammadning sochi bor ekanligidan dalolat beruvchi Moi-e-Muqqadas yodgorligi mavjud[1]. U Srinagardagi Dal koʻlining shimoliy qirgʻogʻida joylashgan va Kashmirdagi eng muqaddas musulmonlar ziyoratgohlaridan biri hisoblanadi[2].

Ziyoratgoh nomi arabcha hazrat (soʻzma-soʻz'hurmatlash') va kashmircha bal (soʻzma-soʻz'joy, maskan') soʻzining birikmasidan iborat[3].

Tarixi va hozirgi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hazratbal ziyoratgohi 1917-yil
Gumbazning yaqindan koʻrinishi; gumbaz va minora 1970-yillarda rekonstruksiya qilinganda inshoot tarkibiga qoʻshilgan[4]

Hazratbal ziyoratgohi dastlab Xoja Nuriddin Eshoiyning qizi va muqaddas yodgorlikning saqlovchisi Inoyat begim tomonidan tashkil etilgan. Ziyoratgohning birinchi binosi 17-asrda imperator Shoh Jahon hukmronligi davrida Boburiylar subehdari Sodiqxon tomonidan qurilgan[3]. Bu inshoot dastlab Ishrat Jahan deb nomlangan. 1634-yilda Shoh Jahon tomonidan binoni ibodatxonaga aylantirilishi buyurilgan. Hozirgi inshootning qurilishi 1968-yilda boshlangan va 11 yil davom etgan. Qurilish ishlari 1979-yilda nihoyasiga yetgan[5].

Ziyoratgohda koʻplab musulmonlar islom paygʻambari Muhammadning sochi deb ishonadigan tolalar mavjud. Yodgorlikni Kashmirga birinchi boʻlib Muhammadning avlodi Sayid Abdulloh Madaniy olib kelgan, u Madinani (hozirgi Saudiya Arabistonida) tark etib, 1635-yilda Hindistonning janubiy Bijapur shahrida islomiy Boburiylar imperiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir paytda qoʻnim topgan. Keyinchalik islom dini Hindiston boʻylab keng tarqalgan[6].

Abdulloh vafotidan soʻng yodgorlik uning oʻgʻli Sayid Hamid meros qoldiriladi. Koʻp oʻtmay, mintaqa Boburiylar tomonidan bosib olingan va Hamid oʻzining oilaviy mulkidan mahrum qilingan. Yodgorlikka egalik qila olmasligini bilib, uni kashmirlik boy tadbirkor Xoja Nuriddin Eshoiyga topshirgan[7][8].

Biroq, Boburiylar imperatori Avrangzebga muqaddas yodgorlikning mavjudligi va koʻchirilishi haqida xabar berilganda, u xabarni qoʻlga olib, Ajmerdagi soʻfiy mutasavvif Mu’in al-Din Chishti ziyoratgohiga yuborgan va Eshoiyni Dehlida qamoqqa tashlattirgan. Toʻqqiz kundan keyin Avrangzeb tushida Muhammadni toʻrtta xalifalar: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali bilan koʻradi. Tushida Muhammad unga Moi-e-Muqaddasni Ajmerdan Kashmirga koʻchirishni buyuradi[9]. Keyin Avrangzeb muqaddas yodgorlik huquqini Eshoiyga qaytarib beradi va uni Kashmirga koʻchirishga ruxsat beradi. Holbuki, Eshoiy qamoqxonada allaqachon vafot etgan edi. 1700-yilga kelib, ziyoratgoh qoldiqlari Eshoiy jasadi bilan birga Kashmirga olib ketilgan. U yerda Eshoiyning qizi Inoyat begim omonatning qoʻriqchisi boʻlib, Hazratbal ziyoratgohini tashkil qiladi. Oʻshandan beri uning avlodlari masjiddagi bu buyumlarga egalik qilishmoqda[10]. Begimning erkak avlodlari bandaylar oilasiga mansub. 2019-yil holatiga koʻra, uchta asosiy oila aʼzosi muqaddas yodgorlikka egalik qilgan boʻlib, bular: Manzur Ahmad Banday, Ishoq Banday va Mohiuddin Banday[11]. Yodgorlik faqat maxsus islomiy bayramlarda, masalan, Muhammad va uning toʻrtta asosiy hamrohlarining tugʻilgan kunlarida ommaga namoyish etiladi.

Manzur Bandaiy, Hazratbal ziyoratgohi bosh ulamosi, 2018-yil Mavlud munosabati bilan muqaddas yodgorlikni namoyish etmoqda
Manzur Banday, Hazratbal ziyoratgohi bosh ulamosi, 2019-yil Abu Bakr tavallud kunida masjid ichidagi yodgorlikni keng jamoatchilikka namoyish qilmoqda
Ziyoratgohning bosh ulamosi muqaddas yodgorlikni turli vaqtlarda keng jamoatchilikka namoyish etishi

Ziyoratgohning qoʻriqchilari nishandeh nomi bilan mashhur boʻlgan.

1963-yildagi yodgorlikning yoʻqolishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musulmonlar tomonidan Muhammadning sochi ekanligiga ishonilgan Moy-e-Muqqadas 1963-yil 27-dekabrda ziyoratgohdan gʻoyib boʻlgani haqida xabar qilingan. Uning yoʻqolishi ortidan butun shtat boʻylab ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtadi, yuz minglab namoyishchilar koʻchalarga chiqadi. 31-dekabr kuni Hindiston Bosh vaziri Javoharlaʼl Neru xalqqa muqaddas musulmon yodgorligi yoʻqolgani haqida maʼlum qiladi va oʻgʻirlik jinoyatini tekshirish uchun Jammu va Kashmirga Markaziy tergov byurosidan bir guruh yuboradi. Yodgorlik Hindiston hukumati tomonidan 1964-yil 4-yanvarda Sayyid Meerak Shoh Koshoniy va boshqalarning tashabbusi bilan topilgan. Shoh Koshoniy bu qoldiqni koʻp marta koʻrganini va uni osongina aniqlay olishini aytadi[12]. Jammu va Kashmir hukumati (qonun va tartib) tomonidan yuborilgan maxsus guruh tomonidan topilgan buyum identifikatsiya va boshqa tekshiruvlar, jumladan, maxsus identifikatsiya qilingach, uning haqiqiyligini aniqlanadi.

Sayyid Mirak bu haqida bir misra sheʼr oʻqigan[12].

1964-yil 6-fevralda Ali ibn Abu Tolib xotirasiga bagʻishlangan yodgorlikning ommaviy namoyishi boʻlib oʻtgan[10][13].

Bu voqea Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya va Sharqiy Pokiston (hozirgi Bangladesh) shtatlarida jamoalar oʻrtasidagi ziddiyat va tartibsizliklarga sabab boʻldi, buning natijasida Hindistonga 1963-yil dekabridan 1964-yil fevraligacha boʻlgan davrda 200 000 ga yaqin qochqinlar kelib oʻrnashdi[14].

Sochning haqiqiy ekanligini oqsoqollar rasman aniqlash kerakligini talab qilishadi. Siyosiy boshliqlar sochlarni oʻgʻirlab ketishgan, shuning uchun ular keyinchalik uni qayta tiklashga uringan deb hisoblashadi[15].

  1. "Moslems Riot Over Theft of Sacred Relic", Chicago Tribune, 29 December 1963, p1
  2. „Kashmir Indians Yield at Shrine“ (en-US). The New York Times. Reuters (1994-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „"The Majestic Hazratba Shrine"“ (en-US). Kashmir Newsline | Leading News Portal from Kashmir| Authentic, Credible, Accurate News from Kashmir (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  4. „Hazratbal, the shrine and the holy relic“. The Dispatch (2018-yil 10-yanvar).
  5. Kapur, Saurabh. „Hazratbal Shrine“. The Times of India. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  6. „Hazratbal“. Department of Tourism Govt of Jammu & Kashmir. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  7. Warikoo, Kulbhushan. Cultural heritage of Jammu and Kashmir (en). Pentagon Press, 2009 — 173-bet. ISBN 978-81-8274-376-2. 
  8. Akbar, M. J.. Kashmir: Behind the Vale (en). Roli Books Private Limited, 8 February 2018 — content-17-bet. ISBN 978-81-936009-6-2. 
  9. Warikoo, Kulbhushan. Cultural heritage of Jammu and Kashmir (en). Pentagon Press, 2009 — 173–174-bet. ISBN 978-81-8274-376-2. 
  10. 10,0 10,1 Hari Narain Verma. Decisive battles of India through the ages, Volume II. GIP Books, 1998 — 124-bet. ISBN 978-1-881155-04-1. Qaraldi: 2010-yil 22-iyun. 
  11. „Head priest Hazratbal shrine Ghulam Hassan Banday passes away“ (en). Greater Kashmir (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  12. 12,0 12,1 Ahmad. „Kashmir: The Sacrilege And The Turmoil“. countercurrents.org. Countercurrents (2018-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
  13. „Hanging By The Relic“. Kashmir Life (2014-yil 7-iyul). Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  14. Das, Mayurakshi (January 2018). "Title: Calcutta Cauldron: City-life during the January 1964 Riots" (en). Indian History Congress Proceedings. https://www.academia.edu/43473655. 
  15. Mehta, Ved (31 May 1968). „IV- The Holy Hair of the Muslims“. The New Yorker. Qaraldi: 1 November 2021.