[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Hatiko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hatiko surati, 1934-yil

Hatiko (yaponcha: ハチ公 Osana, 1923-yil 10-noyabr – Shibuya, 1934-yil 8-mart) – Akita zotiga mansub yapon iti, oʻz xoʻjayini professor Hidesaburo Uenoni Shibuya stansiyasida uning oʻlimidan taxminan 9 yil oʻtganidan soʻng ham kutganligi bilan mashhur. U Chūken Hachikō (忠犬ハチ公) „sodiq it Hatiko“ (hachi: „sakkiz“; kō: qadimgi Xitoy gersoglari tomonidan qoʻllaniladigan qoʻshimcha; shuning uchun Hatikonomini „Sakkizlik Lord“ deb tarjima qilish mumkin) nomi bilan ataladi.

Uning hikoyasi 1987-yilda suratga olingan yapon filmi Hatiko Monogatari, shuningdek, 2009-yilgi amerikacha versiyasi Hachi: A Dog's Tale filmiga moslashtirilgan.

Hatiko Akita prefekturasidagi Odate shahri yaqinida joylashgan fermada tugʻilgan[1] 1924-yil boshida uni Tokio universiteti qishloq xoʻjaligi kafedrasi professori Hidesaburo Ueno topib oladi. Avvaliga professor itni uyda qoldirishni istamaydi, chunki Hatiko uning avvalgi iti bilan bogʻliq xotiralarini yodga soladi, lekin uning oʻsmir qizi kuchukchani boqib olishni istaydi. Hatiko Akita prefekturasidan Shibuya stansiyasiga qutida joʻnatiladi (bagaj vagonida ikki kunlik sayohat). Professorning xizmatkorlari uni olishga borganlarida, itni oʻlgan deb oʻylashadi.

Biroq ular professorning uyiga yetib kelishganda, u kuchukchaga sut berayotgan boʻladi. Oʻqituvchi uni tizzasiga oladi va old oyoqlari biroz egilib qolganini payqaydi, shuning uchun u sakkiz raqamini anglatuvchi kanji (yaponcha belgi) bilan oʻxshash koʻrinishga egaligi uchun uni Hachi (yaponcha „sakkiz“) deb nomlashga qaror qiladi.

Domlaning qizi homilador boʻlib, turmushga chiqqanidan keyin erining uyida yashash uchun otasining uyini tark etadi. Oʻqituvchi Hatikoni qiziga berib yuborishni oʻylaydi, lekin it buni istamasligi tufayli ham, fikridan qaytadi.

It har kuni egasi ishga ketganda professor bilan xayrlashish uchun stansiyagacha hamroh boʻlib borgan va kun oxirida uni kutib olish uchun yana stansiyaga qaytib kelgan. Har ikkisining hayotiy mashgʻulotiga aylangan bu tartibni u yerdan oʻtgan odamlar ham, tevarak-atrofdagi korxona egalari ham payqashadi.

Professorning oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Professor Hidesaburo Uenoning qabri. Suratning oʻng tomonida monolit Hatikoni xotirlaydi.

Bu tartib 1925-yil 21-maygacha, professor Ueno Tokio universitetida maʼruza oʻqiyotganda miyasiga qon quyilib, vafot etguniga qadar toʻxtovsiz davom etadi. Oʻsha kuni tushdan keyin Hatiko xoʻjayinining poyezdi kelishini kutish uchun stansiyaga boradii va u oʻsha kechasi uyiga qaytmaydi. U bekat oldidagi oʻsha joyda umrining yakunigacha qoladi. Vaqt oʻtishi bilan Hatiko stansiyadagi mahalliy va begona odamlarning eʼtiborini oʻziga jalb qila boshladi; Stansiyaga tez-tez kelib turadigan koʻp odamlar Hatiko professorning oʻlimidan oldin u har kuni Ueno bilan birga kelganiga guvoh boʻlishgan. Aynan shu odamlar uzoq vaqt davomida Hatikoga gʻamxoʻrlik qilishgan va ovqatlantirishgan.

Hatikoning marhum xoʻjayiniga boʻlgan sadoqati atrofidagilarni hayajonga soladi va ular unga sodiq it laqabini berishadi.

1934-yil aprel oyida Shibuya stansiyasida uning sharafiga bronza haykal oʻrnatiladi va uning ochilish kunida Hatikoning oʻzi ham ishtirok etadi.

Hatikoning oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hatikoning Shibuya stansiyasining bagaj zalida oʻlik holda topilishi, 1935-yil 8-mart. Birinchi qatorda, oʻngdan ikkinchi ayol – Hidesaburo Uenoning bevasi Yaeko. Bu surat ertasi kuni Yamato Shimbun gazetasida chop etilgan.

1935-yil 8-martda Hatiko oʻz xoʻjayinini qariyb 10 yil kutganidan soʻng, Shibuya stansiyasi yonida oʻlik holda topiladi[1]. Tokiodagi Aoyama qabristonidagi professor Ueno qabri yonida uning nomi yozilgan monolit qurilgan.

Oʻlim sodir boʻlgan vaqtda uning oshqozonida yakitori uchun ishlatiladigan toʻrtta tayoqcha (tovuq shishi) borligi aniqlangan, ammo bu tayoqlar oshqozon shilliq qavatini shikastlamagan, shuning uchun ular uning oʻlimiga sabab boʻlmagan. Hatikoning oʻlimi sabablari 2011-yil mart oyida aniqlanmaguncha nomaʼlum deb hisoblangan: it yurakdagi saraton va filariaz (qurt infektsiyasi) bilan kasallangan[1].

Hatikoning jasadi parchalanib, Ueno tumani tabiiy fanlar muzeyida (Tokio) saqlangan[2]. Toʻqqiz yil oʻtgach (1944) „Ikkinchi Jahon urushi“ sharoitida qurol yasash uchun Hatikoning bronza haykali eritilishi kerak boʻlgan. Ammo 1947-yil avgust oyida – urush tugaganidan ikki yil oʻtib, Shibuya stansiyasining 8-chi chiqish qismida yana bir bronza haykal oʻrnatiladi, u hanuzgacha saqlanib qolingan va shaharning juda mashhur joylardan biridir.

Har yili 8-mart kuni Hatiko Shibuya vokzalining oldidagi maydonda xotirlanadi[1]. Odate shahridagi poyezd vokzalining oldida ham xuddi shunday haykal bor (haykal joylashgan hudud yaqinida Hatiko tugʻilgan)[3].

Ommaviy madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hatikoning ajratilgan qoldiqlari Ueno tumanidagi Yaponiya milliy fan muzeyida namoyish etiladi.
Shibuya stansiyasi (2018).

Hatiko 1987-yilda rejissor Seyjiro Koyama tomonidan suratga olingan „Hachikō Monogatari“ (ハチ公物語) filmining bosh qahramoni boʻlgan, u bolaligidan to oʻlimigacha boʻlgan hayoti haqida hikoya qiladi va xoʻjayini bilan ruhiy uchrashuv sifatida koʻzda tutilgan. Film kinostudiyasi Shochiku Kinema Kenkyu-jo uchun eng soʻnggi hit boʻldi.[4]

2009-yil avgust oyida ushbu filmning amerikacha versiyasi „Hachi: A Dog's Tale“ nomi bilan suratga olingan[5] Aktyor Richard Gere professor rolida boʻlib, u film davomida Hatikoning hikoyasi va uning professor bilan munosabatlari haqida gapiradi, voqealar AQShda zamonaviyroq davrda sodir boʻladi. Film Rod-Aylendda suratga olingan, shuningdek, Joan Allen va Jeyson Aleksandr ham filmda rol o'ynagan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Hollywood the latest to fall for tale of Hachiko“ (inglés). The Japan Times (25 de junio de 2009). 5 de diciembre de 2012da asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2 de octubre de 2010.
  2. „Opening of the completely refurbished Japan Gallery of National Museum of Nature and Science“ (2007), artículo en inglés en The National Science Museum (Tokio). Consultado el 13 de noviembre de 2007.[sayt ishlamaydi]
  3. „Visit Hachiko’s Hometown of Odate, Akita!“. The Gate, 12 de diciembre de 2018. Qaraldi: 26 de marzo de 2021.
  4. Hachikō Monogatari en Internet Movie Database
  5. Hachiko: A Dogʻs Story en Internet Movie Database